Wang Xinxin
王新欣
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-aprel 1981-yil (1981-04-27) (43 yosh)
Tavallud joyi Shenyang, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11.7 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2001 Liaoning Youth
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2008 Liaoning F.C. 155 (30)
2005Shenzhen Jianlibao (Ijara) 17 (2)
2009—2016 Tianjin TEDA 161 (13)
Milliy terma jamoa
2002—2009 Xitoy 5 (1)
Boshqargan klublari
2019—2020 Guizhou Hengfeng
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2016-yil 15-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 8-noyabr uchun)

Wang Xinxin (talaffuzi: Van SinSin) (1981-yil 27-aprelda Shenyang shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbol murabbiyi va sobiq xalqaro futbolchi. U oxirgi marta Xitoyning birinchi ligasidagi Guizhou Hengfeng klubini boshqargan.

Klubdagi faoliyati tahrir

Wang Xinxin oʻz faoliyatini Liaoning FC bilan boshlagan, ularning yoshlar jamoasi orqali rivojlangan va 2002-yilda oʻzini darhol kattalar jamoasiga qoʻshilishga loyiq ekanligini isbotlagan, u yerda Wang yigirma beshta oʻyin oʻtkazgan va debyut mavsumida toʻqqizta gol urgan[1]. Hujumkor yarim himoyachi sifatida Wang Xitoy Superligasining amaldagi chempioni Shenzhen Jianlibaoning qizqishiga sabab boʻlgan, u 2005-yil liga mavsumi boshida Shenzhenga ijaraga oʻtgan. Yangi klubida u avvalgi mavsumdagi muvaffaqiyatini takrorlay olmagan va uning jamoasi mavsumni oʻn ikkinchi oʻyinda yakunlagan[2]. Shenzhen Jianlibao bilan oʻzining omadsiz mavsumidan soʻng, Wang Xinxin Liaoning FCga qaytib kelgan va u yerda 2008-yilgi mavsumda Liaoning quyi ligaga tushib ketgunga qadar uch mavsum davomida harakat qilgan.

Wan Xinxin 2009-yilgi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandan soʻng Tianjin TEDAga toʻrt million yuanga oʻtgan[3]. Turnir doirasida u toʻrtta oʻyinda ishtirok etgan, „Tianjin“ guruh bosqichida ishtirokini yakunlagan, ammo Wang Xinxin jamoaning muhim aʼzosiga aylangan. Jamoa 2009 yilgi liga mavsumda oltinchi oʻrinni egallagan[4]. Biroz vaqt oʻtgach xitoylik sobiq murabbiy Arie Xoan jamoaga kelib, Wang Xinxinni jamoa sardoriga aylantirgan. Oʻsha mavsum Tianjin ikkinchi oʻrinni egallagan va 2011-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritgan, Wang Xinxin ikki oʻyinda jamoaga sardorlik qilgan, ular soʻnggi nimchorak finalda musobaqani tark etishgan. Wang jamoasi bilan2011-yilgi Xitoy FA kubogi finalida „Shandong Luneng Taishan“ jamoasiga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba qozongan.

Wang 2016-yil iyul oyida nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan[5].

Murabbiylik faoliyati tahrir

2019-yil 26-noyabrda Wang Guizhou Hengfeng jamoasining murabbiyi etib tayinlangan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

"Lyaoning" futbol klubidagi professional futbolchilik faoliyatini boshlaganidan soʻng, Wang tezda Xitoy milliy futbol jamoasining eʼtiborini tortgan va yangi tayinlangan vaqtinchalik murabbiyi Shen Xiangfu uni 2002-yil 7-dekabrda Suriyaga qarshi oʻzining birinchi tarkibiga kiritgan. Oʻsha oʻyinda Wang oʻz mamlakati uchun birinchi golini ham kiritgan[7]. Yana bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlaridan soʻng, u jamoadan chetlatilgan. Wang „Tianjin“ga qoʻshilganidan keyingina terma jamoaga yana bir bor chaqirilgan, 2009-yil 29-may kuni Germaniyaga qarshi oʻyinda yangi bosh murabbiy Gao Xongbo uni oʻyinchilar roʻyhatiga kiritgan[8].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga FA kubogi Osiyo Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Liaoning FC 2002 25 9 - 25 9
2003 26 9 - 26 9
2004 20 2 0 0 - 20 2
Shenzhen Jianlibao 2005 17 2 3 1 6 1 26 4
Liaoning FC 2006 28 2 1 0 - 29 2
2007 28 4 - - 28 4
2008 28 4 - - 28 4
Tianjin TEDA 2009 28 3 - 4 0 32 3
2010 29 3 - - 29 3
2011 19 0 3 3 2 0 24 3
2012 30 3 1 0 5 0 36 3
2013 25 1 2 0 - 27 1
2014 22 2 0 0 - 22 2
2015 7 1 1 1 - 8 2
2016 1 0 2 1 - 3 1
Jami 333 45 13 6 17 1 363 52

Yutuqlar tahrir

Tianjin TEDA

  • Xitoy FA kubogi : 2011[9]

Manbalar tahrir

  1. „Wáng, Xīnxīn“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  2. „China 2005“. rsssf.com (2006-yil 26-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  3. „Wáng, Xīnxīn“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  4. „China 2009“. rsssf.com (2010-yil 23-aprel). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  5. „35岁王新欣退役赴欧洲深造 恒大海归新星回归泰达“. ifeng.com (2016-yil 15-iyul). Qaraldi: 2016-yil 27-iyul.
  6. „恒丰宣布前泰达队长成新任主帅“. sina.com.cn (2019-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-noyabr.
  7. „China PR 3-1 Syria“. teamchina.freehostia.com (2002-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  8. „China PR 1-1 Germany“. teamchina.freehostia.com (2009-yil 29-may). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  9. „足协杯-王新欣于大宝联手逆转 天津2-1胜山东夺冠“ (zh). Sports.sina.com.cn (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.