Xitoy yuani
Yuan — Xitoy Xalq Respublikasining pul birligi. 1 Yu. =10 szyao=100 finyam. Xalqaro ifodasi OGU. Yu. 1835-yildan kumush tangalar koʻrinishida zarb qilina boshlagan. 1933-yil mart oyiga qadar Xitoyda lyan (14—19-asrlarda muomalada boʻlgan kumush valyuta) pul birligi sifatida ishlatilgan. Bojxona bojlari va soliqlari Yu.da hisobkitob qilingan. 1948-yilda Xitoy xalq banki tashkil topganidan keyin ggul islohotlari oʻtkazildi. 1955-yilga . kelib eski pullar yangi pullarga 10000:1 nisbatda almashtirildi. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari=8,28 Yu.; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 Yu.= 132 soʻm 87 tiyin (2005, may).[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Heiko Otto: „Yuan Renminbi - Xitoyning tarixiy va joriy banknotalari (CNY / RMB) 1953-2019“ (en,de,fr). Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr. (Inglizcha) (Olmoncha) (Fransuzcha)
- Heiko Otto: „Yuan FEC - 1980-1994-yillarda Xitoy Xalq Respublikasining valyuta sertifikatlari (FEC)“ (en,de,fr). (Inglizcha) (Olmoncha) (Fransuzcha)