Wassily Leontief
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Vasiliy Vasilyevich Leontyev (1906.5.8, Sankt-Peterburg — 1999.7.2, Nyu-York) — amerikalik rus iqtisodchisi. Leningrad universitetini tugatgan (1925). 1925-1928-yillarda Berlin universitetida oʻqib, 1928-yilda doktorlik ilmiy darajasini oldi. 1931-yilda AQShga koʻchib ketgan. Garvard universiteti (1932—75), NyuYork universiteti (1975-yildan) professor L. "harajatlar — mahsulot chiqarish" iqtisodiy tahlil usulini yaratdi. Bu usul AQSH iqtisodiyotining tarmoqlararo balansini tuzishda qoʻllangan. Uning tadqiqotlarida iqtisodiy tizim ichidagi oʻzaro bogʻlanishlarni oʻrganish asosiy yoʻnalishni tashkil etadi. "Amerika iqtisodiyoti tuzilmasini oʻrganish" (1953), "Harajatlar — mahsulot chiqarish" modelining iqtisodiy tahlili" (1966) asarlarida F.Kene va boshqalarning modellarini kengaytirgan holda iqtisodiy tizimning turli qismlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni koʻrsatadigan matematik modellar yaratdi. L. oʻz modelini AQSH iqtisodiyotini tahlil etishda qoʻllab, xalqaro savdo va tabiiy resurslar iqtisodiyoti sohasida muhim natijalarga erishdi. L. usuli mamlakat iqtisodiyotini prognozlash va rejalashtirishda, hukumatlar uchun oʻzlari yuritayotgan investitsiya, soliq, tashqi savdo siyosati, harbiy harajatlar va boshqalarning xalq xoʻjaligiga taʼsirini baholashda muhim dastak boʻlib xizmat qiladi. L. iqtisodiyotda matematik metodlar va modellarni qoʻllash, xalqaro savdo, K.Marks va J.Keyns nazariyalari tahlili, indekslarni tuzish, talab va taklif mexanizmi, iqtisodiy sikllar va boshqa muammolar ustida ham tadqiqotlar olib borgan. Nobel mukofoti laureata (1973). As: Issledovaniye amerikanskoy ekonomiki, M., 1958; Budusheye mirovoy ekonomiki, M., 1979; Ekonomicheskiye esse. Teorii, issledovaniya, fakti, politika, M., 1990.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |