Waygal tumani (pushtucha: وایگل ولسوالۍ, forscha: ولسوالی وایگل) — Afgʻonistonning sharqida joylashgan Nuriston viloyatidagi tuman. Ushbu tuman vodiy hududida joylashgan boʻlib, toʻqqizta yirik qishloqdan iborat. Bular: Waygal, Zanchgal, Nishigram, Ameshdesh, Akun, Kegal, Muldesh, Jamach va Want. Mahalliy Kalasha xalqi vaygali va nuristoniy tillarida gaplashadi. Shuningdek pashtu va dari tillari ham keng tarqalgan va rasmiy til sifatida ishlatiladi[1].

Waygal

ولسوالی وایگل
tuman
35°14′0″N 71°2′0″E / 35.23333°N 71.03333°E / 35.23333; 71.03333
Mamlakat Afgʻoniston
Vaqt mintaqasi UTCAfg'oniston Standart vaqti
Waygal xaritada
Waygal
Waygal

Iqlimi

tahrir

Köppen iqlim tasnifi tizimiga koʻra, Waygal nam kontinental iqlimga ega (Dfb). Yozda issiq, qishda sovuq va qorli ob-havo kuzatiladi. Waygalda yillik oʻrtacha harorat 5,0 °C, yillik yogʻingarchilik esa oʻrtacha 1096 mm ni tashkil qiladi. Sentabr oyida yogʻingarchilik 47 mm. Eng koʻp yogʻingarchilik mart oyida kuzatiladi. Mart oyida oʻrtacha yogʻingarchilik 161 mm.

Iyul — yilning eng issiq oyi boʻlib, oʻrtacha harorat 19,4 °C. Eng sovuq harorat yanvar oyida kuzatiladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −8,3 °C.

Manbalar

tahrir
  1. „Afghanistan Administrative Divisions“ map, March 2007, Afghanistan Information Management Services (AIMS)

Havolalar

tahrir