Wayne Cegielski (talaffuzi: Ueyn Segelski; 1956-yil 11-yanvarda tugʻilgan) — Uels U21 terma jamoasining sobiq futbolchisi. Angliya Futbol Ligasida oʻn uch yillik faoliyati davomida 282 ta oʻyin oʻtkazgan.

Wayne Cegielski
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wayne Cegielski[1]
Tavallud sanasi 11-yanvar 1956-yil (1956-01-11) (68 yosh)
Tavallud joyi Bedwellty, Uels
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Tottenham Hotspur
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1973—1975 Tottenham Hotspur 0 (0)
1974—1975Northampton Town (ijara) 11 (0)
1975—1976 Stuttgarter Kickers 5 (0)
1976 Tacoma Tides
1976—1982 Wrexham 123 (0)
1982—1985 Port Vale 92 (5)
1985 Blackpool 6 (1)
1985—1987 Hereford United 50 (2)
1987 Tegs SK 8 (0)
1987 Worcester City 10 (0)
Milliy terma jamoa
1976—1977 Uels U21[3] 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

1974-yilda „Tottenham“ safida yoshlar oʻrtasidagi Angliya kubogi gʻolibi boʻlgan. „Northampton Town“da ijara asosida oʻynagan Cegielski 1975-yilda Germaniyaning „Stuttgarter Kickers“ jamoasiga oʻtgan[4]. 1976-yilda Uelsning „Wrexham“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 1979-yilda jamoasi bilan Uels kubogi finaliga chiqqan. 1982-yil iyul oyida Port Vale bilan shartnoma imzoladi va 1982—1983-yillarda Toʻrtinchi divizionga koʻtarilishdi. Shuningdek, klubning yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan. 1985-yilda „Blackpool“ga qoʻshildi. Oxirgi klubi Nortwich Viktoria edi.

Faoliyati

tahrir

Cegielski oʻz faoliyatini „Tottenham“ da 1973-yil may oyida boshlagan va jamoa iblan 1974-yilda Angliya kubogi gʻolibi boʻlgan. Keyin toʻrtinchi divizion vakili Northampton Townga ijaraga berildi. Bill Dodginning „Kobberler“ jamoasi safida oʻn bitta liga oʻyinini oʻtkazdi.

1976-yil sentyabr oyida John Neal tomonidan boshqariladigan Uchinchi divizion vakili Wrexham bilan shartnoma tuzdi. „Qizil ajdarlar“ 1976—1977-yillarda koʻtarilgan „Crystal Palace“dan bir ochko ortda qolgan holda beshinchi oʻrinni egalladi. Arfon Griffiths 1977—1978-yilgi mavsumda boshqaruvni oʻz qoʻliga oldi va Wrexham 61 ochko bilan diviziyada birinchi oʻrinni egalladi. Wrexham 1978—1979-yillarda ham ikkinchi diviziondagi darajasini saqlab qoldi va Uels kubogi finaliga chiqqandan soʻng Yevropa kubogi gʻoliblari kubogi (Super kubok) ga yoʻllanma oldi va Shrewsbury Townga yutqazdi. 1980—1981-yillarda atigi ikki ochko farqi bilan quyi ligaga tushib qolishdan saqlanishdi. Mel Sutton 1981—1982-yilgi mavsumda bosh murabbiy boʻldi

Cegielski 1985-yilning mart oyida tekinga Blackpoolga oʻtdi. Sam Ellis klubi safida oltita oʻyinda bitta gol urdi — 1985-yil 9-aprelda Bloomfield Roadda Crewe Alexandraga qarshi 6:1 hisobidagi gʻalabali „Blackpool“ning birinchi goli. „Mandarinlar“ toʻrtinchi divizionda ikkinchi oʻrinni egalladi

Keyin Hereford Unitedda menejer Johnny Newman bilan bogʻlandi va klub bilan liga va kubokda jami 66 oʻyin oʻtkazdi. Keyin Cegielski ligaga kirmaydigan „Worcester City“ga oʻtdi. Keyinchalik Northwich Victoriada oʻynadi.

Faoliyat statistikasi

tahrir

Manba:[5]

Klub Mavsum Diviziya Liga FA kubogi Boshqa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Tottenham Hotspur 1973—1974 Birinchi divizion 0 0 0 0 0 0 0 0
1974—1975 Birinchi divizion 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Northampton Town (ijara) 1974—1975 Toʻrtinchi divizion 11 0 0 0 0 0 11 0
Wrexham 1976—1977 Uchinchi divizion 9 0 3 0 0 0 12 0
1977—1978 Uchinchi divizion 9 0 1 0 3 0 13 0
1978—1979 Second Division 29 0 3 1 2 0 34 1
1979—1980 Ikkinchi divizion 3 0 0 0 1 0 4 0
1980—1981 Ikkinchi divizion 38 0 5 0 0 0 43 0
1981—1982 Ikkinchi divizion 35 0 4 0 5 0 44 0
Jami 123 0 16 1 11 0 150 0
Port Vale 1982—1983 Toʻrtinchi divizion 45 5 1 0 2 0 48 5
1983—1984 Third Division 39 0 0 0 5 0 44 0
1984—1985 Toʻrtinchi divizion 8 0 1 0 1 0 10 0
Jami 92 5 2 0 8 0 102 5
Blackpool 1984—1985 Toʻrtinchi divizion 6 1 0 0 0 0 6 1
Hereford United 1985—1986 Toʻrtinchi divizion 32 2 2 0 8 0 42 2
1986—1987 Toʻrtinchi divizion 18 0 0 0 1 0 19 0
Jami 50 2 2 0 9 0 61 2
Jami faoliyati 282 8 20 1 28 0 330 9

Yutuqlari

tahrir

Individual

  • Port Vale FK yilning eng yaxshi futbolchisi: 1982—1983[6]

Tottenham Hotspur

Wrexham

Port Vale


Manbalar

tahrir
  1. Andoza:Hugman
  2. „Wayne Cegielski“. worldfootball.net. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  3. „International stats“. 11v11.com. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  4. „Cegielski, Wayne“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  5. „WAYNE CEGIELSKI“. neilbrown.newcastlefans.com. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  6. Kent, Jeff. The Valiants' Years: The Story Of Port Vale. Witan Books, 1990 — 305-bet. ISBN 0-9508981-4-7. 
  7. Kent, Jeff „From Rags to Riches (1979—1990)“, . The Valiants' Years: The Story Of Port Vale. Witan Books, 1990 — 258–290-bet. ISBN 0-9508981-4-7.