Weißensee
Weißensee (nemischa: Weißensee) — Avstriyaning Karintiya shtatidagi Gailtal Alp togʻ tizmasida joylashgan koʻl. Hududning eng baland nuqtasida joylashgan Karint choʻmilish koʻli oʻz nomini shimoliy va janubiy qirgʻoqdagi Weißensee munitsipaliteti nomidan olgan.
Geografiyasi
tahrirMuzlik koʻlining gʻarbiy qirgʻogʻi Greifenburgdan Hermagorgacha boʻlgan Bundesstraße yoʻlining Kreuzberg Saddle togʻ dovoni yaqinida joylashgan. Drava vodiysidan Stockenboi orqali sharqiy qismigacha kichikroq togʻ yoʻli oʻtadi. Uning balandligi 930 mAA (3051 ft) boʻlib, koʻl yuzasidagi harorat yoz oylarida Selsiy boʻyicha 24 darajaga yetishi mumkin, qishda esa suv butunlay muzlaydi va konkida uchuvchilarga muz ustida erkin harakat qilish imkoniyatini beradi.
Tik qirgʻogʻi tufayli sharqiy qismida deyarli hech kim yashamaydi. Faqat tor yoʻl orqali sharqiy qismiga borish mumkin. U yerdan Stockenboi munitsipaliteti hududiga oʻtiladi. Mazkur hududda Weißenbach daryosi Drava vodiysiga tomon oqib oʻtadi. Sohil boʻyida janubiy ohaktoshli Alp togʻlarining atrofdagi togʻ choʻqqilaridan hosil boʻlgan boʻr qirgʻoqlari mavjud boʻlib, ular suvga oʻziga xos rang beradi. Mazkur holat tufayli ham koʻl Weißensee („Oq koʻl“) nomini olgan.
Koʻl yuzasining uchdan ikki qismi qoʻriqlanadigan hududning tarkibiy qismiga kiradi. Koʻlda kema transporti toʻrtta kema va tezyurar qayiq kabilardangina iborat. Jamoat transportidan tashqari, motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlanadi. Koʻlning suvi ichishga yaroqli.
Hayvonot dunyosi
tahrirKoʻl hududining atrofi yovvoyi tabiat bilan oʻralgan. U juda koʻp turli xil baliqlarni oʻz ichiga oladi, ayniqsa gulmoyi, oddiy sazan, perch va shimoliy pike baliqlari koʻplab topiladi. Bundan tashqari, oʻrdak, gʻoz va qarqara singari juda koʻplab qush turlari mavjud.
Aholisi
tahrir2001-yilda oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Weißensee tumanida 788 nafar aholi istiqomat qilgan, ularning 97,2 foizi Avstriya fuqaroligini olgan. Soʻrovda qatnashganlarning 73,6 foizi evangelist cherkovi, 22 foizi rim-katolik cherkovi, 1 foizi esa islom diniga eʼtiqod qilgan. 3,4%i esa diniy konfessiyaga mansub emasligini daʼvo qilgan.
Mashgʻulotlar
tahrir1989-yildan buyon qishda koʻl hududida Niderlandiyaning Alternieve Elfstedentocht konkida uchish musobaqasi oʻtkazilib kelinadi[1]. Konkida uchishdan tashqari, Weißensee atrofida muzli sport va changʻi uchish singari mashgʻulotlar bilan ham shugʻullanishadi. Kichikroq togʻ changʻisi zonasi janubiy qirgʻoqda joylashgan. 2007-yil fevral oyida koʻlda suv ostida xokkey boʻyicha birinchi jahon chempionati boʻlib oʻtgan. 2011-yil yanvar oyida Avstriyaning togʻ aviatorlar assotsiatsiyasi 30 ga yaqin kichik samolyotni muzlagan sirtga qoʻndirgan[2].
Shimoliy qirgʻoqdagi Ronacherfels togʻ tizmasi 1916-yilning qish oylarida muzlagan koʻlda chana haydab ketayotganda vafot etgan mahalliy dehqon sharafiga nomlangan. Uyga qisqa yoʻl orqali borish uchun u yupqa muz boʻlagi ustidan chanada oʻtishga harakat qiladi va yiqilib tushib, halok boʻladi. Uning jasadi topilmagan. Dehqonning xotirasi sharafiga togʻ tizmasi va uning yaqinidagi mehmonxonaga dehqonning nomi berilgan.
1987-yilda James Bond ishtirokidagi The Living Daylights filmining ayrim kadrlari muzlagan Weißensee koʻlida suratga olingan.
Galereya
tahrir-
Yoʻlovchi tashuvchi kema
-
Techendorfning gʻarbiy qirgʻogʻi
-
Techendorf koʻprigidan Weißensee koʻlining gʻarbiy koʻrinishi
-
Techendorf koʻprigidan Weißensee koʻlining sharqiy koʻrinishi
-
Qishda Weißensee koʻlining koʻrinishi
-
Konkida uchuvchilar
-
Techendorf, Weißensee
-
Weißensee, shimoliy qirgʻoq
Manbalar
tahrir- ↑ Andreas Wenderoth: Weltgrößte Natureisbahn. Solange es kracht, hält es. Die Zeit Nr. 48, 25. November 2010; Zeit Online, 6. Dezember 2010
- ↑ Eislandung auf dem Weissensee: Fotos, Luftaufnahmen, Movie
Havolalar
tahrir- Karintiya Limnologiya instituti maʼlumotlari (Wayback Machine saytida 2019-10-24 sanasida arxivlangan)
- (olmoncha) Weissensee qoʻriqlanadigan hudud
- Turistik sayt
- Weissensee koʻli qishki sport oʻyinlari
Vikiomborda Weißensee, Kärnten mavzusiga oid fayllar bor