Why Don't You Get a Job?

„The Offspring“ rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq

Why Donʼt You Get a Job?“ (tarjimasi „Ish topmaysanmi?“) — AQShda tuzilgan „The Offspring“ rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning „Americana“ (1998) nomli studiyaviy albomiga 11-trek oʻlaroq kiritilgan. Tarona 1999-yilning 15-martida singl oʻlaroq chiqarilgan. Shuningdek, „Why Donʼt You Get a Job?“ qoʻshigʻi guruhnining „Greatest Hits“ (2005) terma albomiga ham kiritilgan. Tarona sing oʻlaroq chiqarilganidan keyin bir necha mamlakat xit-paradlarida eng yuqori oʻntalikka kirgan. Jumladan, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Islandiya va Shvetsiya xit-paradlarida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan.

„Why Don't You Get a Job?“
The Offspring qoʻshigʻi
„Americana“ albomidan
B tomon „Beheaded (1999)“
Chiqarilgan sanasi 15-mart, 1999-yil(1999-03-15)
Davomiyligi 2:49
Leybl Columbia
Matn muallif(lar)i Dexter Holland
Prodyuser(lar) Dave Jerden[1]
The Offspring singllari xronologiyasi
„Pretty Fly (for a White Guy)“
(1998)
Why Don't You Get a Job?
(1999)
„The Kids Aren't Alright“
(1999)
Klipi
„Why Don't You Get a Job?“ YouTubeda

Taronaning „The Beatles“ guruhi ijro etgan etgan „Ob-La-Di, Ob-La-Da“ qoʻshigʻiga oʻxshashligi aytiladi. Bir necha tanqidchi „Why Donʼt You Get a Job?“ qoʻshigʻi melodiyasi va ritmi „The Beatles“ guruhining 1968-yil chiqarilgan qoʻshigʻiga juda oʻxshashini eʼtirof etgan[2][3][4].

Rejissyor McG qoʻshiq uchun klip suratga olgan[5]. Klip Universal Studios Hollywood studiyasida suratga olingan. Klipda bir necha film va serial olingan joyni, jumladan, Colonial Street koʻchasini koʻrish mumkin. Ushbu koʻchada „Desperate Housewives“ seriali hamda Back to the Future trilogiyasining ayrim kadrlari suratga olingan. Klipda „The Offspring“ guruhining toʻrt aʼzosi ushbu koʻchada yurar ekan, ularning ortidan olomon ergasha boshlagani tasvirlangan. Klipda teleboshlovchi va DJ Bob Eubanks, musiqachi Chris Higgins hamda „Pussycat Dolls“ guruhi aʼzosi Carmit Bacharlar rol oʻynagan. Klip guruhning „The Offspring: Complete Music Video Collection“ nomli videotoʻplamiga kiritilgan.

Manbalar tahrir

  1. „The Offspring – Why Don't You Get a Job? [US“]. Allmusic. Qaraldi: 2013-yil 15-iyul.
  2. Geoff Boucher.. „Is the Song an Offspring“ (1999-yil 24-aprel). Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
  3. Teri vanHorn. „Offspring Song Has A Familiar Ring, Beatles Fans Say“. MTV.com (1999-yil 6-may). Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
  4. Richard Harrington.. „Punk With Spunk“ (1999-yil 13-yanvar). 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr. Alt URL
  5. „Production Notes“. Billboard. 111-jild, № 2. January 9, 1999. 71-bet.

Havolalar tahrir