Wilhelm Ostwald (talaffuzi: Ostvald Vilgelm) (1853.2., Riga - 1932.4.4) - nemis fizik-kimyogari. Dernt universitetini tugatgan (1875). Riga politexnika bilim yurti (1881 — 87), Leypsig universiteti (1887—96) professor, universitet qoshidagi fizik-kimyo instituti doktori (1898—1905), 1906-yilda Leypsig yaqinidagi Grossbotenda "Energiya" laboratoriyani tashkil qilgan. Fizik-kimyo asoschilaridan biri. Elekt-rolitik dissotsiatsiya nazariyasi pay-do boʻlganidan soʻng kislota-asosli kataliz nazariyasini taklif qilgan (1886—87). Binar elektrolitlar suyul-tirilgan eritmalarining elektr oʻtkazuvchanligi va reaksiyaga kirishish qobiliyatining konsentratsiyaga bogʻlikligini ifodalovchi qonun (Ostvaldning suyultirish qonuni)ni ochgan (1888). Rangli indikatorlar nazariyasini olgʻa surgan (1891). Nobel mukofoti laureati (1909).[1][2]

Wilhelm Ostwald

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari