William Bateson
William Bateson, (talaffuzi: Uilyam Beytson) (1861-yil 8-avgust, Whitby – 1926-yil 8-fevral, Merton)[1] – ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. „Genetika“ atamasini ham Bateson taklif etgan (1907). Cambridge universiteti professori (1908–1910). Ilmiy ishlari chogʻishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. „Borliq – yoʻqlik“ nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qoʻyadigan omillar yoʻqolishi bilan yangi belgilar paydo boʻlishini tushuntirib berishga harakat qilgan. 1910-yilda Angliya genetik jurnalini tashkil etgan.
William Bateson | |
---|---|
Tavalludi |
8-avgust 1861-yil Whitby, Yorkshire, Birlashgan Qirollik |
Vafoti |
8-fevral 1926-yil (64 yoshda) Merton, Birlashgan Qirollik |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Sohasi | genetika |
Taʼlimi | Cambridge universiteti |
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.