William Beier (talaffuzi: Uilyam Bayer; 1982-yil 2-noyabr Manila, Filippin) — Filippinda tugʻilgan Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Singlisi Christina Beier bilan juftlikda konkida uchgan. Beier & Beier juftligi toʻrt karra (2005-2006, 2008, 2010) Germaniyaning milliy chempioni boʻlgan.

William Beier
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Tavalludi 2-noyabr 1982-yil (1982-11-02) (41 yosh)
Boʻyi 174 sm
Sherigi Christina Beier
Murabbiyi Martin Skotnicky
Jamoasi TSC Eintracht Dortmund
Yakunlagan 2010
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 154.94
Standart raqs 31.48
Original raqs 47.89
Erkin raqs 78.45

Faoliyati tahrir

Beierlar 1990-yilda Filippindan Germaniyaga koʻchib oʻtgan[1]. Christina Beier toʻqqiz yoshida konkida uchishni boshlagan. William Bier ikki yil davomida yakka holda konkida uchgan va singlisi William Beier bilan muz ustida raqs bilan shugʻullangan. Ular 2005 — 2006 va 2008 — 2010-yillarda Germaniyaning milliy chempioni bo‘lgan[2].

Christina oyogʻidan jarohat olgani sabab, aka-singil Bierlar juftligi 2006 — 2007-yilgi mavsumda ishtirok etmadilar. 2008-yil fevral oyida jarohat tufayli ular 2008-yilgi Jahon chempionatini ham tark etishgan.

2008-yil may oyida Beierlar juftlikda birga uchmasliklarini va hamkorligini tugatishini eʼlon qilgan. Christina Beier Tim Giesen bilan juftlik hosil qilgan va 2008 — 2009-yilgi mavsumda u bilan musobaqalarda qatnasha boshlagan. Oʻsha mavsumdan soʻng, Christina yana William Bier bilan musobaqalarda chiqa boshlagan. Ular murabbiylari Albena Denkova va Maksim Staviski bilan ikki hafta mashgʻulot oʻtkazishgan, ammo William Beierning tizzalarida muammo borligi sabab, baʼzi musobaqalarda qatnashishmagan. Beierlar 2010-yilda konkida uchish faoliyatini yakunlaganini eʻlon qilgan.

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Christina Beier bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 99–00 00–01 01-02 02-03 03-04 04-05 05-06 07-08 09-10
Olimpiya 18ㅤ
Jahon chempionati 20ㅤ 13ㅤ
Yevropa chempionati 16ㅤ 15ㅤ 13ㅤ 15ㅤ 15ㅤ
GP Bompard 6ㅤ
Bofrost Cup 6ㅤ
Finlandia 4ㅤ
Ice Challenge 3
Karl Schäfer xotirasi 3
Nebelhorn 3 2ㅤ
Ondrej Nepela 2ㅤ
Xalqaro: Oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp. 15ㅤ 11ㅤ 5ㅤ
EYOF 2ㅤ
National
Germaniya chemp. 2 1ㅤ 1ㅤ 2ㅤ 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ

Manbalar tahrir

  1. „Christina Beier & William Beier“. ice-dance.com (2002-yil oktyabr). 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
  2. Mittan, Barry. „Christina and William Beier: Germany's Beiers Finish Fourth at JGP Final“. GoldenSkate (2003-yil 10-fevral).