Christina Beier (talaffuzi: Kristina Beyer; 1984-yil 9-iyun, Manila, Filippin) — Filippinda tugʻilgan Germaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Akasi William Beier bilan juftlikda konkida uchgan. Christina qisqa vaqt ichida akasi bilan boʻlgan hamkorligini toʻxtatgan va bsohqa sherigi Tim Giesen bilan bir mavsum davomida birga musobaqalarda chiqish qilgan. Beier & Beier juftligi toʻrt karra (2005-2006, 2008, 2010) Germaniyaning milliy chempioni boʻlgan[1].

Christina Beier
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Tavalludi 9-iyun 1984-yil (1984-06-09) (39 yosh)
Boʻyi 170 sm
Sherigi William Beier
Oldingi sheriklari Tim Giesen
Murabbiyi Martin Skotnicky
Jamoasi TSC Eintracht Dortmund
Yakunlagan 2010
Shaxsiy rekordlari
Standart raqs 31.48
2004 Skate Canada
Original raqs 47.89
2005 Skate America
Erkin raqs 78.45

Faoliyati tahrir

Beierlar 1990-yilda Filippindan Germaniyaga koʻchib oʻtgan[2]. Christina Beier yetti yoshida konkida uchishni boshlagan. U ikki yil davomida yakka holda konkida uchgan va keyin akasi William Beier bilan muz ustida raqs bilan shugʻullangan. Ular 2005 — 2006 va 2008—2010-yillarda Germaniyaning milliy chempioni boʻlgan[3].

Christina oyogʻidan jarohat olgani sabab, Bierlar juftligi 2006—2007-yilgi mavsumda ishtirok etmadilar. 2008-yil fevral oyida jarohat tufayli ular 2008-yilgi Jahon chempionatini ham tark etishgan.

2008-yil may oyida Beierlar juftlikda birga uchmasliklarini va hamkorligini tugatishini eʼlon qilgan. Christina Beier Tim Giesen bilan juftlik hosil qilgan va 2008—2009-yilgi mavsumda u bilan musobaqalarda qatnasha boshlagan. Oʻsha mavsumdan keyin Christina yana akasi bilan musobaqalarda chiqa boshlagan. Ular murabbiylari Albena Denkova va Maksim Staviskiy bilan ikki hafta mashgʻulot oʻtkazishgan. William Beierning tizzalarida muammo borligi sabab, baʼzi musobaqalarda qatnashishmagan. Beierlar 2010-yilda konkida uchish faoliyatini yakunlagan.

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

William Beier bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 99–00 00–01 01-02 02-03 03-04 04-05 05-06 07-08 09-10
Olimpiya 18ㅤ
Jahon chempionati 20ㅤ 13ㅤ
Yevropa chempionati 16ㅤ 15ㅤ 13ㅤ 15ㅤ 15ㅤ
GP Bompard 6ㅤ
Bofrost Cup 6ㅤ
Finlandia 4ㅤ
Ice Challenge 3
Karl Schäfer xotirasi 3
Nebelhorn 3 2ㅤ
Ondrej Nepela 2ㅤ
Xalqaro: Oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp. 15ㅤ 11ㅤ 5ㅤ
EYOF 2ㅤ
National
Germaniya chemp. 2 1ㅤ 1ㅤ 2ㅤ 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ

Tim Giesen bilan tahrir

Milliy
Mavsum 2008 — 2009
Germaniya chempionati 4

Manbalar tahrir

  1. „Competition Results: Christina BEIER / Tim GIESEN“. International Skating Union. 14-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Christina Beier & William Beier“. ice-dance.com (2002-yil oktabr). 11-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2022-yil.
  3. Mittan, Barry. „Christina and William Beier: Germany's Beiers Finish Fourth at JGP Final“. GoldenSkate (10-fevral 2003-yil).