Albena Denkova
Albena Petrova Denkova (bolgarcha: Албена Петрова Денкова; 1974-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan bolgariyalik muz raqqosasi. Sherigi va unashtirilgan yigiti Maksim Staviski bilan birga ikki karra (2006 — 2007) jahon chempioni, ikki karra (2003 — 2004) Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori va 2006-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan. Denkova va Staviski juftligi figurali uchish boʻyicha Jahon chempionatida medal olgan birinchi Bolgariya vakillaridir.
Albena Denkova | |
---|---|
Albena Denkova va Maksim Staviski | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Bolgariya |
Tavalludi |
3-dekabr 1974-yil Sofiya, Bolgariya |
Boʻyi | 1.65 m (5 ft 5 in) |
Sherigi | Maksim Staviski |
Oldingi sheriklari | Hristo Nikolov |
Jamoasi | SC Ice Dance Denkova/Staviski |
Uchishni boshlagan | 1982 |
Yakunlagan | 2007 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 210.44 |
Standart raqs | 41.05 |
Original raqs | 62.79 |
Erkin raqs | 108.03 |
Faoliyati
tahrirAlbena sport faoliyatini toʻrt yoshida gimnastikachi sifatida boshlagan va taxminan 8 yoki 9 yoshida figurali uchish bilan shugʻullanishga oʻtgan. 12 yoshida muz ustida raqsga qiziqib qolgan. Uning muz ustida raqs boʻyicha birinchi sherigi Xristo Nikolov edi, ammo ular ozlarining turli ambitsiyalari tufayli ajralishgan[1].
Denkova 1996-yilda Moskvada Maksim Staviski bilan juftlik hosil qilgan va u bilan Bolgariya vakili sifatida musobaqalarda bellashish uchun Sofiyaga koʻchib oʻgan. Juftlk tez orada bir-birlarini sevib qolgan va 2000-yil sentyabr oyida Denkova / Staviski murabbiy Aleksey Gorshkov va xoreograf Sergey Petuxov qoʻl ostida mashgʻulot oʻtay boshlagan[2].
Denkova / Staviski juftligi zotiljam bilan kasallanganidan keyin 2000-yilgi Yevropa chempionatini tark etgan. 2000-yilgi Jahon chempionatida erkin raqs oldidan soʻnggi mashgʻulot Denkovaning oyogʻi jarohat olgan uch oy davomida yura olmagan[3].
Denkova / Staviski juftligi 2001-yilgi Yevropa chempionatidan oldin gripp bilan kasallanishiga qaramay, musobaqada qatnashgan va 8-oʻrinni egallagan[4].
Denkova / Staviski juftligi 2004 — 2005-yillarda Yevropa chempionatida ishtirok etishdan voz kechdi va Jahon chempionatida qatnashib, 5-o‘rinni egallagan. Mavsum oxirida ular murabbiyi Gorshkov bilan xayrlashishgan va Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiyligida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun AQShning Delaver shtatidagi Newark shahriga koʻchib oʻtishgan. Juftlik oʻzlarining uchinchi Olimpiada musobaqasida 5-o‘rindan joy olgan. Ular 2006-yilgi Jahon chempionatida figurali uchish boʻyicha jahon oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi bolgarlar boʻlishgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirDenkova va Staviski unashtirilgan. Ularning oʻgʻli Daniel 2011-yil 30-yanvarda dunyoga kelgan.
Dasturlari
tahrirMavsum | Original raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2006 - 2007 |
|
|
2005 - 2006 |
|
|
2004 - 2005 |
|
|
1999 - 2000 |
|
|
Natijalari
tahrirStaviski bilan
tahrirNatijalar | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | |||||||||||
Event | 1996 - 97 | 1997 - 98 | 1998 - 99 | 1999 - 00 | 2000 - 01 | 2001 - 02 | 2002 - 03 | 2003 - 04 | 2004 - 05 | 2005 - 06 | 2006 - 07 |
Olimpiada | 18 | 7 | 5 | ||||||||
Jahon chempionatlari | 19 | 17 | 11 | WD | 10 | 5 | 3 | 2 | 5 | 1 | 1 |
Yevropa chempionati | 17 | 16 | 9 | WD | 8 | 6 | 2 | 2 | WD | 3 | |
Gran-pri finali | 3 | 2 | 3 | 1 | |||||||
GP Cup of Russia | 5 | 3 | |||||||||
GP Lalique/Bompard | 4 | 1 | 2 | 1 | |||||||
GP NHK Trophy | 6 | 3 | 1 | 1 | 2 | ||||||
GP Skate America | 1 | ||||||||||
GP Skate Canada | 5 | 4 | 2 | 1 | |||||||
GP Spark./Bofrost | 6 | 3 | 1 | ||||||||
Bofrost | 1 | ||||||||||
Finlandia Trophy | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | ||||||
Karl Schäfer xotirasi | 1 | ||||||||||
Nebelhorn Trophy | 3 | ||||||||||
Skate Israel | 2 | ||||||||||
Polish FSA Trophy | 3 | ||||||||||
Milliy | |||||||||||
Bolgariya chempionati | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
GP = Gran-Pri; WD = Musobaqani tark etgan |
Manbalar
tahrir- ↑ Motchane, Asli. „Albena Denkova: "Now we enjoy every single practice!"“. Absolute Skating. Qaraldi: 2011-yil 7-fevral.
- ↑ Oreiller, Céline; Zibung, Jacqueline. „Interview with Albena Denkova and Maxim Staviski: Part I“. Absolute Skating. „Interview with Albena Denkova and Maxim Staviski: Part II“.
- ↑ „World skating champion from Bulgaria involved in car accident near Ropotamo River“. The Sofia Echo (2007-yil 6-avgust). 2012-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-may.
- ↑ Gazave, Romain. „Albena Denkova & Maxim Staviski: Behind the Boards“. Absolute Skating. Qaraldi: 2010-yil 22-dekabr.