William R. Bennett Jr.

amerikalik fizik (1930–2008)

William Ralph Bennett Jr. (1930-yil 30-yanvar – 2008-yil 29-iyun) – amerikalik fizik. U oʻz faoliyatining katta qismini Yale universiteti fakultetida oʻtkazgan. U gaz lazerini ixtiro qilgan.

William R. Bennett Jr.
William Ralph Bennett Jr.
Tavalludi 1930-yil 30-yanvar
Vafoti 2008 -yil 29-iyun (78-yosh)
Fuqaroligi amerikalik
Kasbi fizik
Institutlar Yale universiteti
Taʼlimi

Princeton universiteti,

Columbia universiteti
Mashhur ishlari gaz lazeri ixtirochisi
Mukofotlari IEEE Morris N. Liebmann Memorial Award (1965-yil)

Faoliyati tahrir

Taniqli fizik William R. Bennett Sr.ning oʻgʻli Bennett Jr. Princeton universitetida fizika boʻyicha bakalavr darajasini olgan[1]. Bennettning fizika boʻyicha bitiruv ishi spektroskopiya va ikkinchi turdagi asil gazlardagi toʻqnashuvlar boʻyicha edi. U Columbia universitetidan fan nomzodi ilmiy darajasini qabul qilib olgan. Bennet 1962-yilda Yale universitetida professor darajasini olgan va 2000-yilda nafaqaga chiqgan[2].

U Ali Javan bilan New-Jersey shtatidagi Murray Hilldagi Bell laboratoriyalarida birinchi gaz lazerini (geliy-neon lazer) ixtiro qilgan[3]. U argon ion lazerini ham kashf qilgan, gaz lazerlarida birinchi boʻlib spektral effektlarini kuzatgan va lazer tebranishidagi effektlar nazariyasini yaratgan. U har bir gazda elektron qoʻzgʻalish, neon-kislorod lazerida dissotsiativ qoʻzgʻalish oʻtkazilishi va bir nechta metall bugʻ lazerlarida toʻqnashuv qoʻzgʻalishidan foydalangan holda turli xil gaz lazerlarini kashf etgan. U qizi doktor Jean Bennett bilan yurak ritmini aniqlash va diagnostika qoʻyish uchun real vaqtda spektral fonokardiografiya moslamasini ishlab chiqgan. U sakkizta kitob yozgan, oʻn ikkita patentga ega va 120 dan ortiq tadqiqot ishlarini nashr etgan. U 1965 yilda IEEE Morris N. Liebmann Memorial mukofotini qoʻlga kiritgan[4]. U Simeon Bellison bilan klarnetni chalishni oʻrgangan va bir nechta havaskor simfonik orkestrlarda klarnet solisti sifatida qatnashgan. Uning oʻgʻli Uilyam Bennet professional goboist edi.

Faxriy unvonlari tahrir

  • Sigma Xi faxriy aʼzosi
  • Amerika fizika jamiyati faxriy aʼzosi
  • Kimyo boʻyicha Stanley Silverman mukofoti (1947-yil)
  • Yale universitetining faxriy magistiri (1964-yil)
  • J. S. Guggenhiem fondi faxriy aʼzosi (1967-yil)
  • New-Haven universitetining faxriy doktori (1975-yil)

Manbalar tahrir

  1. „Novick, Robert (March 1984). "Obituary: William Ralph Bennett Sr". Physics Today. 37 (3): 117“. 2020-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  2. „Bibcode:1984PhT....37c.117N. doi:10.1063/1.2916130. Archived from the original on 2020-05-06. Retrieved 2013-09-30.“.
  3. „"William Ralph Bennett Jr". Yale Engineering. Archived from the original on 8 August 2008.“. 2008-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  4. „"IEEE Morris N. Liebmann Memorial Award Recipients" (PDF). IEEE. Retrieved December 26, 2010.“.