Willy William
Willy Fauade William (1981-yil 27-iyunda tugʻilgan) – fransiyalik DJ, prodyuser va qoʻshiqchi boʻlib, oʻzining remikslari hamda bir qator sanʼatkorlar bilan ijro etgan vokallari bilan mashhur. Shuningdek, fransuzcha „Ego“ va lotincha „Mi Gente“ (J Balvin bilan) xitlari bilan jahon miqiyosida mashhurlikka erishgan.
Willy William | |
---|---|
William 2016-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Willy Fauade William[1] 27-iyun 1981-yil[2] |
Janrlar | Elektron musiqa[3] |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2003–hozirgi kungacha |
Leybllar | Scorpio Music[4] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Hayoti
tahrirWilly Fauade William 1981-yil 27-iyunda Fransiyaning Fréjus kommunasida tugʻilgan. Uning otasi Guadeloupelik, onasi esa Eritreyalik boʻlgan[5]. U Sarthe departamentidagi Champagne kommunasida oʻsgan.
Faoliyati
tahrirWilly William 2003-yilda DJ Flex bilan birgalikda „B Boyz Shake da Body“ shousida qilgan chiqishi hamda 2004-yilda Lord William taxallusidan foydalangan holda „Tragedie“ albomining prodyuseri boʻlgani bilan mashhurlikka erishgan[6]. Keyinchalik u Collectif Métissé nomli fransuz musiqiy jamoasiga qoʻshilgan, shuningdek, yakkaxon tarzda oʻz materiallarini ishlab chiqarishni ham davom ettirgan[7].
U koʻplab sanʼatkorlar bilan hamkorlik qilgan, shuningdek, oʻz qoʻshiqlarini ham chiqara boshlagan. William DJ Assad bilan „Li tourner“, Les Jumo bilan „C Show“ va „L’Italienne“, KeenʼV bilan „On s’endort?“ hamda Ridsa bilan „Je nʼai pas eu le temps“ qoʻshiqlarini chiqargan[8].
2016-yilda William oʻzi tomonidan ishlab chiqarilgan va kuylangan fransuz tilidagi „Ego“ taronasini taqdim etgan. Ushbu singl uning 2016-yilda chiqarilgan „Une seule vie“ albomining asosiy singli va yakkaxon ijrochi sifatidagi eng yaxshi fransuzcha xiti edi. „Ego“ qoʻshigʻi Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Polsha va boshqa koʻplab mamlakatlarning xit paradlarida yuqori oʻriblarni egallagan[8].
2017-yilda u kolumbiyalik superyulduz J Balvin bilan hamkorlikda „Mi Gente“ taronasini chiqarganidan keyin xalqaro miqyosda shuhrat qozongan. Qoʻshiqning ulkan xalqaro muvaffaqiyatidan soʻng ijrochilar Beyoncé bilan birgalikda uning yangi remiks versiyasini taqdim etishgan. Qoʻshiq Latin Billboard Music mukofotiga sazovor boʻlgan va musiqiy videosi YouTubeda 2 milliarddan ortiq tomosha qilingan. 2018-yilda esa „Eng yaxshi Lotincha video“ nominatsiyasida MTV Video Music mukofotiga sazovor boʻlgan. Ketma-ket 12 hafta davomida Spotify Global chartida 1-oʻrinni egallab turgan, shu bilan birga dunyo boʻylab koʻplab mamlakatlarning xit paradlarida ham 1-oʻrinni olgan.
2018-yilda William „La La La“ nomli raqs trekini taqdim etgan. Shuningdek, u David Guetta va Jason Deruloning „Goodbye“ nomli qoʻshigʻida Nicki Minaj bilan birga ishtirok etgan.
William „Mi Gente“ taronasi uchun „Eng yaxshi DJ / prodyuser“ yoʻnalishida Latin Grammy mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. Uning „Ego“ qoʻshigʻi esa Shazam orqali eng koʻp qidirilgan fransuz tilidagi singl hisoblanadi.
Diskografiyasi
tahrirAlbomi
tahrirNomi | Chiqarilgan yili | Chartlardagi oʻrni | Treklist | |
---|---|---|---|---|
FRA |
BEL (Wa) | |||
Une seule vie | 2016-yil | 12 | 20 |
|
Manbalar
tahrir- ↑ „Work ID 892724537“. ASCAP. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
- ↑ William, Willy „I don't know why Wikipedia keeps making my birthday April 14th, it is on June 27th haha. But thank you for the birthday wishes anyway! #fypシ“. TikTok. Qaraldi: 2023-yil 28-dekabr.
- ↑ „J Balvin's Fast-Rising "Mi Gente" Is A Challenge To The US-Centric Pop World“. BuzzFeed (2017-yil 10-avgust).
- ↑ Havens, Lyndsey (Sep 25, 2017). „How French Indie Label Scorpio Music's Founder Scored Global Hits Four Decades Apart, From 'Y.M.C.A.' to 'Mi Gente'“. Billboard (inglizcha). Jul 16, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7 August 2023.
- ↑ „Willy William (Mi gente)... Je n'étais pas la personne à laquelle il fallait s'attacher“. YouTube.
- ↑ „South Indies Crew: Willy William biography“.
- ↑ „Collectif Metisse“. Skyrock.
- ↑ 8,0 8,1 „Booking Stars Ltd. Booking & Touring Agency. - Willy William“. bstars.eu.
Havolalar
tahrir- Willy William diskografiyasi Discogsda