Winnie-the-Pooh (kitob)
„Winnie-the-Pooh“ (tarjimasi „Vinni Pux“) – ingliz yozuvchisi A. A. Milne qalamiga mansub bolalar uchun moʻljallangan qissa. Ilk bor 1926-yil bosilib chiqqan. Qissa uchun E. H. Shepard illyustratsiya chizgan. Asardagi hodisalar xayoliy oʻrmonda sodir boʻladi. Asar bir necha qisqa hikoyadan iborat boʻlib, hikoyalar bosh qahramonlar – inson qiyofasiga ega ayiq Winnie-the-Pooh va uning doʻstlari Christopher Robin (talaffuzi: Kristofer Robin), Puchuqvoy (inglizcha: Piglet), Xoʻtikvoy (inglizcha: Eeyore), Ukki, Quyon, Kenguru (inglizcha: Kanga) va Roo (talaffuzi: Ru) sarguzashtlariga bagʻishlangan. 1928-yil Milne Winnie-the-Pooh haqida yozgan ikkinchi hikoyalar toʻplami – „The House at Pooh Corner“ asari chop etilgan. Milne va Shepard avval „Punch“ yumor jurnali uchun hamkorlikda kontent hozirlagan. 1924-yilda ikkisi „When We Were Very Young“ nomli sheʼriy toʻplamini yaratishda hamkorlik qilgan. Sheʼriy toʻplamdagi qahramonlar orasida Shepard oʻgʻlining oʻyinchogʻi asosida yaratgan ayiqcha ham boʻlgan. Buning ortidan Shepard Milneni oʻgʻli Christopher Robin Milne oʻyinchoqlari haqida yozishga chorlagan. Shu asnoda „Winnie-the-Pooh“ qahramonlari yaratilgan.
Kitob uchun E. H. Shepard chizgan illyustratsiya | |
Asl nomi | Winnie-the-Pooh |
---|---|
Muallif(lar) | A. A. Milne |
Bezovchi(lar) | E. H. Shepard |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | bolalar adabiyoti |
Nashr etilgan sanasi | 14-oktyabr 1924-yil |
Nashriyot |
Methuen Publishing (London) Dutton (AQSH) |
Keyingisi | „The House at Pooh Corner“ |
Kitob 1926-yil 14-oktyabrda nashr etilgan. Asar tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan va bozori chaqqon boʻlgan: 1926-yilning yakunigacha 150 000 nusxada sotilgan. Tanqidchilarning fikricha, kitobdagi hodisalar tashvish va muammolardan xoli utopiyada sodir boʻladi. Soʻnggi yillarda qissada ijobiy ayol qahramonlarining yoʻqligi, yagona ayol qahramon Kanga esa yomon ona sifatida tasvirlangani tanqidga uchradi.
„Winnie-the-Pooh“ ellikdan ortiq tilga tarjima qilingan, jumladan, oʻzbek tiliga. Ingliz tilidan Zilola Jalolova oʻgirgan oʻzbekcha tarjima 2016-yil „Vinni Puх va uning sarguzashtlari“ nomi bilan „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan[1]. 1958-yil qissaning lotincha tarjimasi „The York Times“ nashrining bozori chaqqon kitoblar roʻyxatiga kirgan ilk xorijiy tildagi asarga aylangan. Lotincha tarjima ushbu roʻyxatga kirgan ilk va yagona lotin tilidagi kitobdir. Kitobdagi hikoyalar va qahramonlar asosida bir necha badiiy film, multfilm va serial olingan. Xususan, „The Walt Disney Company“ asar asosida yaratgan franshiza doirasida „Winnie the Pooh and the Honey Tree“ (1966) filmidan boshlab bir necha film suratga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Miln, Alan Alеksandr. Vinni Puх va uning sarguzashtlari. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. ISBN 978-9943-27-702-1.