Woman with a Parasol – Madame Monet and Her Son

Woman with a Parasol – Madame Monet and Her Sonan (fransuzcha: La Femme à l'ombrelle — Madame Monet et son fils) — Claude Monet tomonidan 1876-yilda chizilgan kartina. U The Stroll (fransuzcha: La Promenade) nomi bilan ham mashhur. Claude ushbu impressionizm namunasini 1871-yildan 1877-yilgacha Argenteuilda oilasi bilan yashagan davrida chizgan. Unda rassom xotini Camille Monet hamda oʻgʻli Jean Monetni tasvirlagan[1].

Woman with a Parasol – Madame Monet and Her Son
(fr.: La Femme à l'ombrelle — Madame Monet et son fils)
Claude Monet, 1876-yil
Moyboʻyoq
100 × 81 sm
Milliy sanʼat galereyasi, Vashington

Tavsifi

tahrir

Monetning yengil va jozibali qalam tebratishi ranglar uygʻunligini keltirib chiqargan. Monet xonimning oq kiyimi shamolda hilpirab turgani tasvirlangan. Yerdagi oʻt-oʻlanlar esa soyabon ostida yam-yashil aks bergan. Ayol bulutli moviy osmon ostida tasvirlangan. Bolakay esa Monetning yetti yashar farzandi Jean boʻlib, kartinada uzoqroqda tasvirlangan va bola tanasining yarmi oʻtlar orasida koʻrinmasligi rasmdagi chuqur maʼnoni yaratgan.

Asar rasmiy portret emas, balki kundalik oilaviy sahna janridagi rasmdir. Kartina tashqarida, ochiq osmon ostida taxminan bir soat atrofida chizilgan. Uning hajmi 100 × 81 santimetr (39 × 32 inch) boʻlib, Monetning 1970-yillarda chizilgan eng katta hajmdagi kartinasi hisoblanadi va oʻng burchak pastki qismiga „Claude Monet 75“ deb imzo qoʻyilgan.

Tarixi

tahrir

Kartina Monetning 1876-yil aprelda Paul Durant-Ruel galereyasida oʻtkazilgan Ikkinchi impressionistlar koʻrgazmasida namoyish etilgan 18 ta kartinalaridan biri sanaladi. Oradan 10 yil oʻtib, Monet yana ushbu uslubga murojaat qiladi va ikkinchi xotining qizi Suzanne Monet ishtirokidagi suratni 1886-yilda Giverny yaylovida chizadi. John Singer Sargent 1876-yilda kartina namoyishiga tashrif buyuradi va ushbu kartinadan ilhomlanib, 1889-yilda oʻzining Two Girls with Parasols at Fladbury kartinasini yaratadi.

Taʼriflar

tahrir

Woman with a Parasol kartinasi Monetning eng mashhur va impressionizmni yaxshi ochib bergan asari hisoblanadi[2][3]. Mary Mathews Gedo oʻzining Monet and his Muse: Camille Monet in Artistʼs Life (Monet va uning ilhom parisi: Camille Monet rassomning hayotida) asarida kartinaga „yuqori sifatli“ va „kuchli taʼsir qiluvchi“ deya izoh beradi[4]. artchive.com sayti esa uni „bir lahzalik tasvirni yetkazib berishdagi gʻalaba“ deya „shoh asar“ deb ataydi. Mary Tompkins Lewis oʻzining Crotocal Readings in Impressionism and Post-Impressionism: An Anthology asarida kartinaga oʻn yillikdagi „Monetning eng yaxshi va yirik sanʼat asari“ deya taʼrif beradi[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Woman with a Parasol – Madame Monet and Her Son“ (1875). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  2. „ARTWORKS BY CLAUDE MONET“. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  3. „Monet Woman with a Parasol – Madame Monet and Her Son“. 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  4. Gedo, Mary Mathews. Monet and His Muse: Camille Monet in the Artist's Life. University of Chicago Press, 30-sentabr 2010-yil. ISBN 9780226284804. Qaraldi: 2019-yil 1-dekabr. 
  5. Nord, Philip. Critical Readings in Impressionism and Post-Impressionism: An Anthology. Univ of California Press, 15-mart 2007-yil. ISBN 9780520250222. Qaraldi: 2019-yil 1-dekabr.