X mi H?

2010-yilda chop etilgan oʻzbek tilining imlo lugʻati

„X mi H?“, toʻliq nomi „X mi H: Qisqacha imlo lugʻati“ — oʻzbek tilidagi X va H harflari bilan boshlanadigan soʻzlar va ismlar kiritilgan kirill va lotin alifbolaridagi qisqacha imlo lugʻati. Lugʻatni Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining Oʻzbek va jahon filologiyasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent Ravshan Jomonov tuzgan. Lugʻat 2010-yil Toshkent shahrida „Nishon-noshir“ nashriyotida chop etilgan[1].

X mi H: Qisqacha imlo lugʻati
Muallif(lar) Ravshan Jomonov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i imlo lugʻati
Nashriyot „Nishon-noshir“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2010
Sahifalar soni 112
ISBN ISBN 978-9943-378-08-7

Ushbu lugʻat kirillcha va lotincha oʻzbek alifbolarida tuzilganligi uchun ayni bir soʻz har ikki yozuvda yonma-yon berilgan. Lugʻat kirillcha-lotincha oʻzbek yozuvi tamoyilida tuzilganligi sababli soʻzlar oʻzbek kirill alifbosi tartibida ifodalangan.

Lugʻatni nashrga tayyorlashda filologiya fanlari doktori Ergash Umarov masʼul muharrirlik qilgan. Lugʻat taqrizchilari – filologiya fani nomzodlari, dotsentlar Sharifa Mirzayeva hamda Rahimboy Jumaniyozov.

Manbalar

tahrir
  1. „X mi H?“. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 16-dekabr.[sayt ishlamaydi]

Havolalar

tahrir