Xafel — Germaniyadagi daryo, Elba daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 341 km, havzasining maydoni 24,4 ming km². Meklenburg koʻlli platosidan boshlanib, Shimoliy Germaniya payettekisligidan koʻl va suv omborlari orqali oqadi. Asosiy irmogʻi — Shpre daryosi. Oʻrtacha suv sarfi 80 m³/sek. Kanallar orqali Oder va Elba daryolari bilan boglangan. X. boʻyida Berlin, Brandenburg, Potsdam shaharlari joylashgan.

Manbalar tahrir