Potsdam — Germaniyadagi shahar. Brandenburg yerining maʼmuriy markazi. Berlindan jan.-gʻarbdagi koʻllar boʻyida joylashgan. Aholisi 129,8 ming kishi (1998). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Xafel daryosi boʻyidagi port. Mashinasozlik rivojlangan. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatning tarixiy va mada-niy markazlaridan. Kinematografiya va televideniye oliy maktabi, astrofizika rasadxonasi, muzey bor.

Potsdam
Shahar
Skyline of Potsdam
Potsdam
Gerb
52°24′0″N 13°4′0″E / 52.40000°N 13.06667°E / 52.40000; 13.06667 G OKoordinatalari: 52°24′0″N 13°4′0″E / 52.40000°N 13.06667°E / 52.40000; 13.06667 G O
Mamlakat Germaniya
Yer Brandenburg
Hukumat
 • mer Jann Jakobs
Ilk eslatilishi 993
Qachondan beri shahar 1345
Maydon 18,728 km2 (7,231 mi²)
Markazi balandligi 35 m
Aholisi
 (2010)
156 906
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi +49 (0)331
Pochta indeks(lar)i 14401-14482
Avtomobil kodi P
Potsdam xaritada
Potsdam
Potsdam

P. yilnomalarda 10-asrdan tilga olingan. 13-asrda Brandenburg Markgrafligi tarkibiga kirgan. 15-asrda shahar huquqini olgan. 18-asr oxiridan Prussiya qirollarining yozgi qarorgohi.

P.da 1945-yilda SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya davlat rahbarlarining konferensiyasi (Berlin konferensiyasi) boʻlib oʻtgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 18—19-asrlarda qurilgan saroy va cherkovlar, shu jumladan, San-Susi saroybogʻ majmuasi (1745—62) saqlangan.[1]

Potsdam Germaniyaning Brandenburg yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni – 187,28 km2. 156 906 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

GeografiyasiTahrirlash

HududiTahrirlash

Potsdamning hududi 188,26[2][3] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 35 m balandlikda joylashgan.

DemografiyasiTahrirlash

Yil Soni
2012 159 456
2013 161 097
2014 163 668
Yil Soni
2015 167 505
2016 171 810
2017 175 710
Yil Soni
2018 178 347
2019 180 334
2020 182 219
Yil Soni
2021 182 112

ManbalarTahrirlash