Xalaj tili
(Xalaj Tilidan yoʻnaltirildi)
Xalaj tili — turkiy tillardan biri. Markaziy Eronda, Tehronning janubi-garbida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 40 ming kishi atrofida (2000-yil). Shevalari 2 guruhga — shimoliy va janubiy guruhdarga boʻlinadi.
Xalaj tili | |
---|---|
Mamlakatlar | Eron, Afgʻoniston |
Rasmiylik holati | yoʻq |
Mintaqalar | Qum, Markaziy |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 42 000 (2000-yil) |
Tartiblovchi tashkilot | yoʻq |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | yoʻq |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | - |
ISO 639-2 | tut |
ISO 639-3 | klj |
Xalaj tilida qadimgi turkiy til elementlari, xususan, birlamchi choʻziq unlilar saqlangan; soʻz oʻrtasi va oxirida boshqa turkiy tillarda z, t, j, r kelgan oʻrinlarda d qoʻllanadi. Ayrim kelishik qoʻshimchalari va feʼl shakllarida ham bir qator oʻziga xosliklar mavjud. Leksikada eng qad. turkiy qatlam hamda kelib chiqishi noaniq boʻlgan soʻzlar qatlami ajralib turadi; ozarbayjon tilidan, eroniy lahjalardan oʻzlashmalar bor. Asosan, xotin-qizlar oʻrtasida kundalik muomala tili hisoblanadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |