"Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni – davlat mukofotlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 2022-yil 25-apreldagi PQ-215-son qaroriga binoan mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilgan, aholining tibbiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qoʻshgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillarini ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan.

"Xalq salomatligi posboni" ko'krak nishoni
[[Fayl:
Xalq salomatligi posboni
|100px]]
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turi davlat mukofoti
Taqdirlash asosi sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilgan, aholining tibbiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qoʻshgani uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2023-yil 4-sentyabr

Ushbu koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini yaratishga hissa qoʻshgan barcha darajadagi idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari jismoniy faollikni oʻz jamoasi va aholi orasida targʻib qilishda alohida namuna boʻlayotgan shaxslar va sport murabbiylari, zararli odatlarning oldini olish, bartaraf etish, ularga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishgan fuqarolar, aholining sogʻlom ovqatlanishinida shart-sharoitlar yaratgan shaxslar, hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, atrof-muhit toza va ozodaligini taʼminlash orqali kasalliklarning oldini olishga erishgan mutaxassislar, turmush tarzini ijobiy tomonga oʻzgartirishga undaydigan dolzarb materiallar tayyorlagan ommaviy axborot vositalari vakillari, profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga va bu yoʻnalishda malakali kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qoʻshgan tibbiyot sohasi xodimlari va boshqa mutaxassislar, shuningdek,fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin[1].

Hujjatlarni koʻrib chiqish

tahrir

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash quyidagicha amalga oshiriladi. 1. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari har yili 10-sentabrga qadar takliflarni shakllantiradi hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga taqdim etadi. 2. Hududiy sogʻliqni saqlash idoralari har yili 1-oktabrga qadar takliflarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi. 3. Respublika darajasidagi davlat organlari, tashkilotlari va jamoat birlashmalari har yili 1-oktabrga qadar oʻz xodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni vazirlikka taqdim etadi. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarga nomzodlar haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: -nomzod haqida maʼlumotnoma; -nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; -nomzodning soʻnggi uch yil davomida oʻz hududida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi amaliy ishlari aks ettirilgan tavsifnoma. 4. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan sohada koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan besh kishidan iborat tarkibda komissiya tashkil etiladi. 5. Komissiya tarkibi vazir tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga vazirlikning Jamoatchilik kengashi va sohadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat ekspertlar kiritilishi mumkin. 6. Komissiya yigʻilishida nomzodlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganiladi, Nizomgada belgilangan mezonlarga muvofiq baholanadi va oʻz takliflarini bildirilgan holda har yili 20-oktabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qiladi.

Taqdirlash tartibi

tahrir

Komissiya xulosasi asosida vazirning koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 1-noyabrga qadar chiqariladi. Koʻkrak nishoni har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni arafasida vazir (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, vazirning buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi[2]. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati vazirlikning rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.

Manbalar

tahrir
  1. „"Xalq salomatligi posboni" ko'krak nishoni ta'sis etildi“. Daryo (05-sentyabr 2023-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. „"Xalq salomatligi posboni" ko'krak nishoni ta'sis etildi“. Norma (06-sentyabr 2023-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.

Havolalar

tahrir