Xalqaro boks assosiasiyasi (inglizcha: International Boxing Association), qisqartma shakli (AIBA) — Bokschilar federasiyasi milliy assosiasiyasi 1920-yil 24-avgustda tashkil etilgan.

Xalqaro boks assosiasiyasi
Turi Xalqaro sportfederasiyasi
Ishga tushgan sanasi 1946-yil
Joylashuvi ShveysariyaLozanna
Prezident Rossiya Umar Kremlev
Vebsayti www.iba.sport

Nomlanishi:

  • Xalqaro havaskor bokschilar federasiyasi — (fr. Fédération Internationale de Boxe Amateur, FIBA) 1920-yil 24-avgust;
  • Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (ingliz. Amateur International Boxing Association, AIBA) 1946-yil 28-noyabr;
  • 2007-yil 22-noyabrda AIBA reforma doirasida hozirgisiga oʻzgartirildi, biroq qisqartirilgan nomi oʻzgarishsiz qolishiga qaror qilindi.
  • 2021-yil 12-dekabrda Xalqaro boks assosiasiyasining navbatdan tashqari Kongressi tashkilotning yangi qisqartmasi – IBA ni tasdiqladi[1].
  • 2022-yil 14-mayda Umar Kremlev XBA prezidenti etib qayta saylandi.

Tarixi tahrir

AIBA 1920-yil 24-avgustda Antverpen Olimpiadasi vaqtida Xalqaro havaskor boks federasiyasi (FIBA) sifatida tashkil etilgan[2].

FIBA 1946-yilda tugatilgan. Angliya havaskor boks assosiasiyasi Fransiya boks federasiyasi bilan birgalikda Xalqaro havaskor boks assosiasiyasini (AIBA) tuzdi. Assosiasiya prezidenti etib Emil Gremo[3] saylandi.

2010-yilda WSB yarim professional boks ligasi tashkil etildi.

2017-yilning dekabrida XOQ Vu Ching Kuo boshqaruvidagi AIBA taqdiridan xavotir olayotgan edi. Keyinchalik tashkilot tomonidan u umrbod ishdan chetlashtirildi[4].

2019-yilda XOQ (Xalqaro olimpiada qoʻmitasi) AIBA faoliyatiga chek qoʻyilishini va Olimpiada oʻyinlaridan chetlashtirish uchun ovoz berdi[5].

2020-yil 12-dekabr sanasida Umar Nazarovich Kremlev 57,33% ovoz bilan Xalqaro boks assosiasiyasi prezidenti etib saylandi[6]. Xuddi shu yili AIBA islohot jarayonini boshladi[7]. Beshta yangi qoʻmita tuzildi: murabbiylar qoʻmitasi, chempion va faxriylar qoʻmitasi, Musobaqalar qoʻmitasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, tibbiyot va antidoping qoʻmitasi[8]. Islohotlar jarayonida AIBA havaskor boksda erkaklar va ayollar uchun vazn toifalari sonini mos ravishda 13 va 12 taga oshirdi[9]. Jahon chempionatining mukofot puli oltin uchun 100 000 dollar, kumush uchun 50 000 dollar va bronza uchun 25 000 dollar qilib belgilandi[10]. Milliy federasiyalarga moliyaviy yordam dasturi ham joriy etildi.

2020-yil 13-dekabrda AIBA yangi konstitusiyani qabul qildi[11].

2021-yilda Istvan Kovachs AIBA bosh kotibi etib tayinlandi[12]. Shuningdek, bu yil professor Ulrix Xaas AIBA boshqaruv tizimini isloh qilish boʻyicha mustaqil guruhga raislik qildi[13].

2021-yil 7-aprelda AIBA Gazprom bilan hamkorlik shartnomasini tuzdi, natijada Rossiya kompaniyasi tashkilotning bosh hamkori maqomini oldi[14].

2021-yil 28-may kuni AIBA CISM Xalqaro harbiy sport kengashi bilan shartnoma imzoladi[15]. Xuddi shu yili tashkilot ITA xalqaro doping-test agentligi bilan ham bitim imzolandi[16].

AIBA buyurtmasi bilan 2016-yilgi Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlaridagi janglar natijalarini manipulyasiya qilish faktlarini aniqlash maqsadida kanadalik advokat Richard Maklaren tayinlandi va u tergov ishlarini olib borgan edi[17].

2021-yilda AIBA barcha qarzlaridan qutuldi, jumladan, Ozarbayjonning Benkons LLC kompaniyasining  10 million dollarlik qarzini ham toʻlab berdi[18].

Prezidentlar tahrir

  •   Gremo, Emil (Fransiya), 1946—1959
  •   podpolkovnik, Redyard Rassell (Buyuk Britaniya), 1962—1978
  •   polkovnik, Don Xall (AQSH), 1978—1986
  •   Anvar Chaudri (Pokiston), 1986—2006
  •   Kaner Doganeli (Turkiya), 2006, vazifa bajaruvchi
  •   U Ching-Kuo (Tayvan), 2006—2017
  •   Gʻofur Rahimov (Oʻzbekiston), 2017—2019
  •   Moxamed Mustasan (Marokko), 2019—2020., vazifa bajaruvchi
  •   Umar Nazarovich Kremlyov, 2020—x. v.

Manbalar tahrir

  1. „AIBA Becomes IBA As Extraordinary Congress Embraces Widespread Reform“ (en-US). AIBA (2021-yil 13-dekabr). 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
  2. „Международная ассоциация бокса будет судить на спортивных играх "Дети Азии" в Якутске“. interfax-russia.ru. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  3. „THE OLYMPIC FAMILY“. library. 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
  4. „Boxing faces being expelled from Olympic programme at Tokyo 2020 after Interim President with links to organised crime chosen to lead AIBA“. insidethegames.biz. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  5. „МОК запретил AIBA заниматься Олимпиадой в Токио“. akboxing.ru. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  6. „Кремлев избран президентом Международной ассоциации бокса“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  7. „Международная ассоциация бокса проводит реформы по вопросам, упомянутым в письме МОК“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  8. „Пять новых комитетов созданы в AIBA“. rsport.ria.ru. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  9. „AIBA увеличила число весовых категорий в любительском боксе“. rsport.ria.ru. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  10. „AIBA увеличила количество весовых категорий в любительском боксе“. russian.rt.com. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  11. „Международная ассоциация бокса приняла новую конституцию для возвращения в состав МОК“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  12. „Olympics gold medallist boxer István Kovács appointed as AIBA Secretary-General“. www.sportsindiashow.com. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  13. „CHANGING COURSE AND ROUSING HOPE: THE NEW FACE OF AIBA“. www.eurosport.com. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  14. „"Газпром" стал генеральным партнером Международной ассоциации бокса“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  15. „CISM & AIBA Sign The Historical Agreement“. milsport.one. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  16. „AIBA и ITA договорились о реализации образовательной антидопинговой программы“. ТАСС. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  17. „Сбой с судьями“. Коммерсантъ. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  18. „AIBA рассчиталась с долгами“. Коммерсантъ. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.

Havolalar tahrir