Xalqaro mehnatkashlar kuni ishchilar bayrami boʻlib, har yili 1-may kuni nishonlanadi. Bayramda ishchilar va ularning kasaba uyushmalari koʻchada yurish, namoyishlar oʻtkazishadi. 1-may 80 dan ortiq mamlakatda rasmiy milliy bayramdir, boshqa mamlakatlarda norasmiy nishonlanadi.

Shved Ijtimoiy Demokratik Partiyasi aʼzolari Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 1-may bayramini nishonlovchi namoyishda (2006).

Tarixi

tahrir

1886-yili Chikago, AQShda politsiya 8 soatlik ish kunini talab qilayotgan ishchilar mitingini oʻqqa tutib, shafqatsizlik bilan tarqatdi (namoyishchilar olomonidan nomaʼlum kimsa politsiyaga qarata dinamit uloqtirganidan soʻng). Oʻnlab odamlar halok boʻldi, shu jumladan politsiya xodimlari ham.[1][2] Shu fojeani 1889-yili Parijda oʻtayotgan qurultoyda xotirlab, 1890-yili xalqaro eʼtirozlar oʻtkazish taklifi oʻrtaga tashlandi. Keyinchalik, 1904-yili Amsterdamda Xalqaro Ijtimoiy Konferensiyada 1-may kunida barcha proletariat ish tashlashi taklifi eʼlon qilindi. Koʻp mamlakatlarda ishchilar sinfi 1-mayni dam olish kuni, deb tan olinishiga muvaffaqiyatli urindi.

Oʻta oʻng-qanot siyosat yurituvchi partiya va hukumatlar (Portugaliya, Uchinchi reyx, Franco Ispaniyasi va hokazo) 1-mayni nishonlashni bekor qilishgan.

Manbalar

tahrir
  1. ODMP Remembers..., Officer Down Memorial Page
  2. "Roots of May Day are in Chicago"[sayt ishlamaydi], Chicago Tribune

Havolalar

tahrir