Xamsa – Qora dengiz va Azov dengizi anchous baliklari kenja turlarining umumiy nomi. Qora dengiz xamsasining uzunligi 13-15 sm gacha; Qora dengizda doimiy yashaydi; yozda suvning yuza qatlamlarida, qishda 70-80 m gacha chuqurlikda uchraydi; Gruziya va Janubiy Qrim sohillari yaqinida qishlaydi. Azov xamsasining uzunligi 10-14 sm, yozda Azov dengizida tarqaladi, qishlash uchun Qora dengizga oʻtadi. Xamza dengizdagi eng kup sonli baliq; skumbriya, pelamidalar, belugalar, delfinlar, suv qushlarining asosiy ozigʻi hisoblanadi. 3-4 yil umr koʻradi; 2 yilda voyaga yetadi. Iliq mavsumda koʻpayadi; 20-25 ming tuxum qoʻyadi. Ovlanadi.