Xangay – Mongoliyaning markaziy qismidagi togʻlik. Uzunligi 700 km chamasida, eni 200 km gacha, balandligi 2000—3000 m, eng baland joyi 3905 m (OtxonTangri togʻi). Granit, slanets, qumtosh va bazalt jinslaridan tuzilgan. Choʻqqilari yassi, yon bagʻirlari keng vodiylar bilan parchalangan. Landshafti quruq togʻ dashti, shimoliy yon bagʻirlarida tilogʻoch oʻrmonlari bor. Rezervatlar tashkil etilgan.