Xaritagrafik tur – xaritalar da meridian va paralyayellarttt oʻzaro kesishishidan hosil boʻlgan toʻr. Chiziqlar xarita masshtabi va belgilanishiga koʻra turli intervaldagi gradus, minutlardan oʻtkaziladi. Oʻrta va yirik masshtabli xaritalarda Xaritagrafik tur koʻrsatilmaydi, xarita ramkalarida meridian va parallellar oʻrni koʻrsatiladi. Xaritalarni tayyorlashda Xaritagrafik tur xaritagrafik tasvirni yaratish uchun sinch (asos) vazifasini bajaradi. Xaritadan foydalanishda Yer ellipsoididagi nuqtalar koordinatalarini aniqlashga, xaritaga nuqtalarni ularning koordinatalari boʻyicha tushirishga, chiziqlar yoʻnalishini dunyo tomonlariga nisbatan oʻlchashga, xaritaning istalgan joyida masshtablari va xatoliklarni hisoblab chiqarishga imkon beradi. Xaritagrafik turda parallellarning hisobi ekvatordan boshlanadi. 1884-yilgi Xalqaro kelishuvga muvofiq, Grinvich meridiani bosh meridian deb qabul qilingan.

Yana qarang

tahrir