Xarkov viloyati (ukraincha: Ха́рківська о́бласть) — Ukraina tar kibidagi viloyat. 1932-yil 27 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 31,4 ming km. Aholisi 2,9 mln. kishiga yaqin (2004), asosan, ukrainlar va ruslar. Shuningdek, yahudiy, belorus, tatar va moldavanlar ham yashaydi. 1 km² ga 94 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 73%. Muhim shaharlari: Izyum, Lozovaya, Balakleya, Kupyansk, Lyubotin, Volchansk, Merefa, Chuguyev, Gotvald. 25 maʼmuriy tumanga boʻlingan. 15 shahar, 62 shaharcha bor. Markazi — Xarkov shahri.

Tabiati tahrir

Xarkov viloyati Ukrainaning shimoli-sharqiy qismida. Yer yuzasi qiya tekislik boʻlib, daryo, jarliklar bilan oʻyilgan. Shimoli-sharqiy chekkasi kirdan iborat (bal. 236 m gacha), janubida esa Donetsk kryajining etaklari (bal. 230 m) joylashgan. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi −7,2 dan −8,4° gacha, iyulniki 20-21,4°. Yillik yogʻin 457-568 mm. Xarkov viloyati hududida 200 ga yakin daryo, 5 suv ombori va koʻllar bor. Tuproqlari qoratuproq, oʻtloq va botqoq tuproklar. Hududining 18% oʻrmonzor (eman, joʻka, zarang, qayragʻoch, togʻterak, yovvoyi nok usadi). Hayvonlardan yelik, qobon, los, boʻri, tulki, quyon, boʻrsiq, sassiqkoʻzan; qushlardan bedana, boyqush, kaklik, laylak yashaydi.

Viloyatda 600 dan ziyod sanoat korxonasi bor. 14,1 ming kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Sanoat ishlab chiqarishda mashinasozlik va metallsozlik yetakchilik qiladi (viloyat sanoat mahsuloti hajmining 33,5%), oziq-ovqat sanoati (18,0%), elektroenergetika (22,2%), yoqilgʻi sanoati (14,5%), qurilish materiallari ishlab chiqarish (3,1%) va yengil sanoat (0,9%).

Iqtisodiyoti tahrir

Viloyat mamlakatning asosiy mashinasozlik markazidir. Bu yerda, tarkibi 10 korxonadan iborat boʻlgan yirik traktorsozlik majmuasi tuzilgan. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi viloyat iktisodiyotida yetakchi oʻrinni egallaydi. Xarkov viloyatida gidravlik, bugʻ va gazda ishlaydigan turbinalar, turbogeneratorlar ishlab chikariladi. Antonov An-72, Antonov An-140 rusumli samolyotlar xalqaro aviasalonlarida mashhur. Shuningdek, stanoksozlik mahsulotlari (yoʻnuvchi va agregat stanoklar) jahon bozorida yuqori baxrlanadi.

Viloyatda Ukraina gazining 40% qazib olinadi. Xarkov viloyati hududida balans zahirasi 310 mlrd. m3 boʻlgan 42 ta gaz va gazkondensat konlari mavjud. Bir yilda 7 mlrd. m3ga yaqin gaz qazib olinadi. Markazlashgan elektr styalarining umumiy quvvati 3179 MVt.

Viloyatda goʻsht sanoatiga transhi 11 ta va sut sanoatiga qarashli 26 korxona; 11 qand, 6 spirt va likyoraraq ishlab chiqarish, 5 pivochilik, 59 nonbulka mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, 21 oziq-ovqat mollari, 9 universitetortish zavodlari, 3 yogmoy tarmoq korxonalari va boshqa ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligida don, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, texnika ekinlari, ekiladi. Bogʻ, tokzorlar bor. Sutgoʻsht chorvachiligi, parrandachilik, rivojlangan. Ukrainadagi eng yirik „Slobojanka“ choʻchqachilik majmuyi (600 ming choʻchqa) ishlab turibdi. Asosiy transport turi — temir yoʻl (uz. 1520 km). Avtomobil yoʻllari uzunligi 9,3 ming km.

Viloyatda 212 ilmiy tadqiqot muassasasi, 6 teatr (shu jumladan, 3 akademik teatr), filarmoniya, organ va kamera musiqasi uyi, sirk, 32 muzey (shu jumladan, tarix va badiiy muzeylar), kutubxonalar (shu jumladan, Davlat ilmiy kutubxonasi), 78 estetik tarbiya maktabi, 800 klub va madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻlari, hayvonot bogʻi bor. Madaniyat akademiyasi, sanʼat instituti, madaniyat, musiqa, badiiy oʻrta maxsus bilim yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Viloyat hududida 2250 dan ziyod tarixiy va madaniyat yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Xarkov viloyati" OʻzME. X-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil