XartumSudanning poytaxti. Mamlakatning eng yirik shahri, savdomoliya, sanoat va madaniyat markazi. Koʻk Nilning chap va Oq Nilning oʻng sohilida, ular qoʻshilgan yerda 380 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi tropik, quruq va issiq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 23°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 160 mm. Transport yoʻllari chorrahasi, daryo porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Xartumda xorijiy va davlat banklari, savdo firmalari shtabkvartiralari joylashgan. Oziq-ovqat, paxta tozalash, trikotaj, toʻqimachilik, koʻnteri, rezinatexnika, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. universitet, Qohira universiteti filiali, teatr va muzeylar bor.[1]

Shaharga 1822-yilda misrliklar harbiy lager sifatida asos solgan, 1825-yildan Sudan poytaxti. 1898-yilda inglizlar bosib olgan. 1956-yildan mustakil Sudan poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklaridan Respublika saroyi (1889), Jome masjidi (1900) va boshqa saklangan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 "Xartum" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil