Xartum madaniyati – Sudandagi neolit davri (mil. av. 7 ming yillik oxiri – 4 ming yillik)ga mansub madaniyat. Xartum sh. yaqinidan topilgani uchun nomi shundan. Manzilgoxlardan mikrolitlar, tosh iskana va boltalar, yorgʻuchoqlar, sopol buyumlar topilgan. Aholi balik, ovlash, terimchilik, ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan.