Xassuna madaniyati – Shim. Mesopotamiyadagi neolit davri (mil. av. 7-6-ming yilliklar)ga oid madaniyat. Mosul sh. (Iroq) yaqinidagi TallXassuna qishlogʻi nomi bilan atalgan. Manzilgoxlar va qabrlar topilgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan.

XAT (musiqada) – mumtoz ashula yoʻllarida gʻazalning bir baytink qamrab olgan musiqiy tuzilma. Odatda, ikki musiqiy jumla yoki bir davriyadan tashkil topadi. Maqom shoʻʼbalarining bosh ikki jumlasi daromad yoki sarxat, oʻrta registrdagi jumlalar miyonxat deb ataladi. Bir misra sheʼr bilan aytiladigan qismi nimxat deb yuritiladi.