Xayrulla Lutfullayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Xayrulla Lutfullayev (1945.25.10, Toshkent shahri) – xonanda va sozanda (qashqar rubobi, tor), Oʻzbekiston[1] (1987) va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1974). „Bahor“ ansambli yakkaxon xonandasi (1974—2003), Toshkent madaniyat instituti dotsenti (2003-yildan). L. lirik xonanda, mayin va shirali ovoz sohibi. Repertuaridan qoʻshiq va yallalar („Men sevaman, sen sevasanmu“, „Dilxiroj“, „Tola soch“ va boshqalar), oʻzbek ashula va maqom yoʻllari („Bayot I—V“, „Girya I—II“, „Fargʻona tanavori“ va boshqalar), oʻzbek bastakorlari asarlari („Beboqcha“, „Samarqand ushshogʻi“ va boshqalar) oʻrin olgan. „Kelibdiyu-ketibdi“, „Ishonaman oʻzingga“, „Goʻzal jonon senmasmu“ kabi qoʻshiqlarning kuylarini oʻzi bastalagan. Xorijiy mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. L. ning oʻgʻli Nodir Lutfullayev – za-monaviy estrada qoʻshiqchisi, repertuaridan zamonaviy estrada qoʻshiqlari, oʻzbek xalq qoʻshiqlari va mumtoz ashulalar oʻrin olgan.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ „„O‘zbekiston adabiyoti va san`ati" gazetasi 1987-yil 15-sentyabr kungi soni O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Preziduimining 1987-yil 18-sentyabrdagi “Sh.Jurayev, F.K.Zakirov, F.Z.Qobulov, X.Lutfullayev, G‘.T.Yoqubov o‘rtoqlarga “O‘zbekiston SSR xalq artisti” faxriy unvoni berish to‘g‘risida”gi Farmoni Qaralgan sana=17.10.2024“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |