Kompleksonometriya

(Xelatometriyadan yoʻnaltirildi)

Kompleksonometriya, xelatometriya, trilonometriya — titrlash orqali eritmadan metall ionlari miqdorini aniqlash usuli. Bu usul metall ionlarini etilendiaminpolikarbon kislotalari bilan kompleks birikmalar hosil qilishiga asoslangan. Etilendiamin va karbon kislotalarining birikishi natijasida hosil boʻladigan birikmalar komplekse n l a r deyiladi. Ular umumiy holda quyidagicha ifodalanadi: (NOOS—R)2 NCH2-CH2-N(RCOOH)2, bu yerda R — alifatik radikallar.

Metall ionlari kompleksonlar bilan suvda eruvchan, kam dissotsiatsiyalanadigan, barqaror va doimiy tarkibli kompleks birikmalar — kompleksonlar hosil qiladi. Kompleksonning metall ioni bilan birikishida 5 yoki 6 aʼzoli halqa — xelat hosil boʻladi. Amaliyotda etilendiamin tetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi koʻproq ishlatiladi. Bu birikma komplekson III yoki trilon B deb yuri-tiladi. Shu sababli K. baʼzida xelatometriya yoki trilonometriya nomi bilan ham ataladi.

Metall ionli eritmani komplekson eritmasi bilan titrlaganda quyidagi reaksiyalar kuzatiladi:Me2+ + H2Y2- = MeY2- + 2N+ Me3+ + H2Y2” = MeY” + 2N+Me42” = MeY- + 2N+Bu yerda H2Y2~ — etilendiamintetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi anioni. Demak, bir gramm-ekvivalent metallga, uning oksidlanish darajasidan katʼiy nazar, bir gramm-ekvivalent komplekson birikadi. Komplekson eritmasining konsentratsiyasiga karab titrlashga sarf boʻlgan har bir ml eritmaga maʼlum miqdorda metall ioni toʻgʻri keladi. Mas, 0,01 M komplekson eritmasining (qarang Molyar eritma) bir ml ga 0,5869 mg Ni, 0,5894 mg So yoki 0,6354 mg Si toʻgʻri keladi. Titrlashning tugash nuqtasini metall — indikatorlar orqali (mureksid, erioxrom qora, erioxrom koʻk, pirokatexin binafsha va hokazo) yoki potensiometrik, fotometrik, amperometrik va boshqa usullar bilan aniqlanadi. Aniqlanayotgan metall ioni va qoʻshilayotgan indikatorning tabiatiga koʻra, muhitning rN qiymati turlicha boʻladi va shu sababli titrlashda maqbul indikator tanlanadi. Agar eritmada bir necha metall ionlari boʻlsa, asosiy ionni aniqlash uchun aralashma ionlarni barqaror kompleks birikma beruvchi boshqa moddalar bilan toʻsib (maskirovka) qoʻyiladi. Bunday moddalar sifatida sianid, rodanid, ftorid, sitrat, tartrat ionlari hamda trietanolamin ishlatiladi. Kompleksonatlarning barqarorligi eritmaning rN miqdoriga bogʻliq. Shu sababli bir vaqtda eritmadagi bir necha metall ionini aniqlash mumkin. Mas, toriy ionini eritmaning muhiti rN —1,6 boʻlganda, soʻngra rN—4,5 boʻlganda shu eritmadagi nodir-yer metall ionlarini titrlash mumkin.

K. usuli suvning qattiqligini, mineral xom ashyodagi, oqova suvlardagi metall ionlarining miqdorini aniqlashda, shuningdek, metallurgiyada oddiy va qulay usul sifatida keng qoʻllanadi.

Omonulla Xoʻjayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil