Xiaomi Mi8 — Xiaomi kompaniyasining smartfoni. Kompaniyaning sakkiz yillik yubileyiga bagʻishlab chiqarilgan Mi seriyasining flagmani[1].

Xiaomi Mi 8
Brend Xiaomi
Seriya Xiaomi Mi 8
Hajmi 154,9 x 74,8 x 7,6 mm
Vazni 175 gr
Ishlatuv tizimi Android
Vebsayt mi.com/mi8

Ushbu model 18,7:9 boʻlgan 6,21 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Ekran 402 pikseli boʻlib, 2248x1080 oʻlchamlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Modelda „kertik“ ekrani mavjud, ammo buni ichki sozlamar orqali oʻzgartirib qoʻyish mumkin, bu esa ekranning yon tomonidagi boʻshliqni qoraytiradi[2].

Kamera

tahrir

Mi 8 ning asosiy kamerasi DxoMark sayti oʻtkazgan testda 99 ball toʻpladi.[3]

Asosiy kamera ikkita moduldan iborat. Birinchisi Sony IMX363 moduli 12 MP boʻlib, 6 elementli ob’ektiv, f/1.8 diafragma optik stabilizatsiyaga ega.

Ikkinchisi Samsung S5K3M3 moduli 12 MP boʻlib, bir piksel oʻlchami 1 mikron, telefoto linzalari, f/2.4 diafragma hamda ikkita LED chirogʻi mavjud. 2x optik zumga ega.

Asosiy kamera 3840x2160 piksellar soni bilan 60 yoki 30 kadr / sekundda 4K UHD formatda video yozishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Old kamera Samsung S5K3T1, 20 MP boʻlib, f/2 diafragma ega. AI funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Texnik xususiyatlari

tahrir
  • Korpus materiallari: shisha, metall (alyuminiy)
  • Operatsion tizim: MIUI 9.5 qobigʻi bilan Android 8.1 ; Xitoy uchun MIUI 12.5.2.0, Xalqaro uchun MIUI 12.0.3.0 hamda Rossiya uchun chiqarilganlarda MIUI 12.0.2.0 bilan ishlovchiAndroid 10.0 ga yangilangan.
  • SIM karta: ikkita nano-SIM (kombo uyasi)
  • Ekran: diagonali 6,21", oʻlchamlari 2248x1080 piksel (18,7: 9), ppi 402
  • Protsessor: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845, toʻrtta Kryo 385 Gold 2,8 gigagertsli va toʻrtta Kryo 385 Silver 1,8 gigagertsli. 3 milliard tranzistorni oʻz ichiga oladi.
  • Grafika: Adreno 630
  • Operativ xotira: 6/8 GB
  • Xotira: 64/128/256 GB
  • Ulagichlar: USB Type-C
  • Asosiy kamera: ikkita modul 12 + 12 MP, chiroq
  • Old kamera: 20 MP
  • Uyali tarmoq: 2G, 3G, 4G, FDD Band 1, 2, 3, 4, 5, 7, 8, 12, 17, 20, TDD Band 34, 38, 39, 40, 41
  • Boshqa aloqa uskunalari: Wi-Fi b/g/n/ac, Bluetooth 5.0, NFC, aptX-HD
  • Navigatsiya: GPS, GLONASS, Galileo, BeiDou
  • Qoʻshimchalar: barmoq izi skaneri, yuz orqali ochish, yaqinlik sensori, giroskop, akselerometr, elektron kompas, tebranish motori, barometr, Hall sensori, atrof-muhit yorugʻligi sensori, Type-C ulagichi
  • Batareya: 3400 mA / soat, tez zaryadlovchi Qualcomm Quick Charge 4.0
  • Oʻlchamlari: 154,9 x 74,8 x 7,6 mm
  • Ogʻirligi: 175g

Himoya

tahrir

Ekran va orqa tomoni oleofobik qoplama[4] bilan qoplanga. IP sertifikati mavjud emas (suv va changdan himoya qilish)

Sotish

tahrir

Xiaomi Mi 8 2018-yil 31-mayda eʼlon qilingan[5]. Qurilmaning sotuvi 2018-yilning 5-iyunida Xitoyda boshlangan, telefonlarning birinchi partiyasi 37 soniyada sotib boʻlingan[6].

Rossiyada savdolar 8-avgustda boshlandi. Model uchta rangda yaʼni koʻk, qora va oq ranglarda chiqarilgan.


Manbalar

tahrir
  1. „Xiaomi анонсировала линейку смартфонов Mi 8, оснащённых экраном с «чёлкой»“ (Ruscha). Mobile-Review.com. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Обзор Xiaomi Mi 8: лучший доступный флагман. Но не спешите его покупать“. hi-tech.mail.ru. 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  3. „Xiaomi Mi 8 camera review: Challenging the best“. DxOMark. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Обзор флагманского смартфона Xiaomi Mi 8“. iXBT. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Xiaomi анонсировала линейку смартфонов Mi 8, оснащённых экраном с «чёлкой»“. Mobile-Review. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Xiaomi Mi 8 goes on sale in China today, sells out in under two minutes“. GSMArena. 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir