Xidir masjidi (ozarbayjoncha: Xıdır məscidi; forscha: مسجد خدیر) – XIV asrga oid tarixiy masjid. Ushbu yodgorlik Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Muslim Magomayev koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan[1].

Masjid
Xidir masjidi
ozarbayjoncha: Xıdır məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Boku Icheri-sheher
Koordinatalar 40°21′54″N 49°50′03″E / 40.365004°N 49.834130°E / 40.365004; 49.834130 G O
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Shivon-Absheron meʼmorchilik maktabi
Binokorlik sanasi 1301 yil
Holati amaldagi

Tarixi tahrir

Xidir masjidi 1301-yilda koʻplab zinali koʻchalardan birida qurilgan. Koʻchaning bunday tuzilishi oʻz navbatida masjidning meʼmoriy joylashuviga ham taʼsir koʻrsatgan[2].

1988-yilda masjid gumbazining pastki qavatida arxeologik qazishma ishlari, shuningdek, bino portalida restavratsiya ishlari olib borilgan. Masjid zardushtiylik ibodatxonasi negizida bunyod etilgan[3][4].

Arxitekturaviy xususiyatlari tahrir

Xidir masjidi interyeri, kompozitsiyasi hamda toshdan yasalgan qismlariga yorqin oʻymakorlik naqshlari bilan ishlov berilgan. Oʻzgacha badiiy ishlov berilgan mehrob hamda zal ham qiziqarli koʻrinishga ega ekanligi bilan ahamiyatga ega. Masjidning janubiy jabhasida toʻgʻri profilli derazalar oʻrnatilgan. Shuningdek, binoning quyi profilli qismi boʻylab ishlov berishda qoʻllanilgan usullar sharq meʼmorchilik sanʼati namunalarini oʻzida mujassam etgan[5][3].

Galereya tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikasi Nazirlər Kabinetinin qərarı“. e-qanun.az. 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
  2. „ŞЕYХ İBRАHİM MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
  3. 3,0 3,1 „ŞЕYХ İBRАHİM MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart. az/#monument27 „ŞYeYX İBRAHİM MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument27 the original on January 19, 2017. Retrieved March 12, 2018.
  4. „"Xıdır" məscidi“ (az). kataloq.gomap.az. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
  5. „"Xıdır" məscidi“ (az). kataloq.gomap.az. Qaraldi: 2018-yil 12-mart. "„Xıdır“ məscidi" (in Azerbaijani). kataloq.gomap.az. Retrieved March 12, 2018.