Paul Xindemit (Hindemith) (1895.16.11, Xanau 1963.28.12, FrankfurtMayn) – nemis kompozitori, skripkachi, dirijyor, musika nazariyotchisi. 20-asr musiqa namoyandasi, musiqiy neoklassitsizm vakili. Frankfurt Mayn konservatoriyasida taʼlim olgan (1909—15). Shu shaharda opera teatrida skripkachikonsertmeyster (1915—23), torli kvartet sozandasi (alt, 1921—29), Berlindagi Oliy musiqa maktabi professor (1927—37). 1938 yildan Shveysariya va 1940 yildan AQSH da yashagan. Ijodiy uslubi rivojlangan polifoniya vositalari, kompozitsion muvozanatli shakllar, vazmin obrazlari bilan ajralib turadi. Keng va serqatlam badiiy merosida yirik, rivojlangan dramaturgiyaga asoslangan janr (opera, simfoniya, sonata, konsert kabi)lar bilan birga havaskor musiqa jamoalar hamda bolalar ijrosiga moʻljallangan ommabop asarlar urin olgan. Ayniqsa, „Kardilyak“, „Rassom Matiss“, „Koinot garmoniyasi“ operalari, „Kamer musika“ turkumlari, sonatalar, torli kvartetlar, simfoniyalar, „4 temperament“ va boshqa baletlar, fortepiano va boshqa sozlar uchun konsertlari mashhur. Kompozitsiyata doyr kitob, qoʻllanma va dareliklar yaratib, oʻziga xos ijodiynazariy tamoyillarni kashf etgan. Shveysariyada „Xindemit jamgʻarmasi“ faoliyat koʻrsatmoqda (1968 yildan).