Xirurgiya markazi, Vohidov Vosit Vohidovich nomidagi ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy markazi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot va davolash muassasasi. 1975-yil Butunittifoq klinik va eksperimental xirurgiya ilmiy tadqiqot institutining Toshkent filiali sifatida tashkil etilgan. 1991-yildan hozirgi nomi bilan faoliyat koʻrsatadi. Markaz ilmiy va amaliy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻi aʼzolarida boshqa oʻxshashligi boʻlmagan, oʻziga xos jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazadi, bularga, birinchi navbatda, hayot uchun muhim aʼzolar, yurak nuqsonlari, yirik qon tomirlar, oʻpka, jigar va meʼda osti bezi rekonstruktivtiklash jarrohligi va boshqa kiradi. Xirurgiya markazining vazifasi Oʻzbekistonda jarrohlik muammosi bilan boglik masalalarga rahbarlik qilish va boshqarish, respublikada xirurgiya xizmatini tashkil etish; yuqori malakali ixtisoslashgan ilmiy va amaliy xirurg mutaxassislar tayyorlash va boshqalardan iborat. Markazda 12 klinik boʻlim: jigaroʻt yoʻllari va portal gipertenziya jarroxdigi, lazer va meʼdaichak jarrohligi, yurakqon tomir jarroxdigi, koʻkrak qafasi jarroxdigi, rekonstruktivplastik jarrohlik, rentgenendovaskulyar jarrohlik va intervension radiologiya, shuningdek, patomorfologiya va lazer terapiyasi, anesteziologiya va reanimatologiya, mikrobiologiya va klinik biokimyo, eksperimental jarroxlik kabi fundamental va amaliy boʻlimlar, 370 oʻrinli klinik kasalxona va poliklinika ishlab turibdi. Xirurgiya markazi da 90 dan ziyod ilmiy xodim, jumladan, 22 fan doktori va professor, 50 fan nomzodi xizmat qiladi (2004). Markazda drlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi boʻyicha maxsus ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. Markaz olimlari koʻpgina yirik ilmiy anjumanlarda qatnashib keladi. Xirurgiya markazi ilmiy toʻplam, monografiya, darslik va turli qoʻllanmalar chop etadi, ixtirolar qiladi. Markaz bazasida Toshkent birinchi tibbiyot institutining gospital xirurgiya, magistratura hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 1-son xirurgiya kafedrasi bor.




Manbalar

tahrir