Vosit Vohidovich Vohidov (1917-yil 13-dekabr, Turkiston — 1994-yil 1-iyun, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). ToshMIni (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) tugatgan (1939). ToshMI umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri (1963-1975). 1975-yildan Toshkent jarrohlik ilmiy markazi direktori, ToshMI gospital xirurgiya kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koʻkrak va qorin boʻshligʻi aʼzolari, yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi va ularni jarrohlik yoʻli bilan davolashni takomillashtirishga bagʻishlangan. V. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib yurak, oʻpka, qon tomirlar va qiziloʻngachda operatsiyalar oʻtkazgan. Jahon jarrohlar assotsiatsiyasining haqiqiy aʼzosi (1971-yildan), „Oʻzbekiston tibbiyot jurnali“ bosh muharriri (1979—92). Toshkent jarrohlik ilmiy markazi, Toshkent shahri koʻchalaridan biri Vosit Vohidov nomi bilan ataladi[1].

Vosit Vohidov
Tavalludi 13-dekabr 1917-yil
Vafoti 1-iyun 1994-yil(1994-06-01)
(76 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari
Oʻzbekiston fan arbobi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil