Kelib chiqishi arabcha boʻlgan Vohid ismiga "-ov" qoʻshimchasini qoʻshish yordamida yasalgan erkaklar familiyasi. Familiyaning asosi boʻlgan Vohid ismining kelib chiqishi arabcha boʻlgan ism boʻlib, arabcha: ٱلْوَاحِدُ shakli Allohning ismlaridan biri boʻlmish Al-Vahid ismidan olingan. Yakka, yagona maʼnolarini ifodalaydi. Ayollarda Vohidova shakli qoʻllanadi.

Ushbu familiyaga ega mashxur insonlar quyidagilardir:

Olimlar

tahrir
  • Vosit Vohidov (1917—1994) – jarroh, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967).
  • Shavkat Vohidov (1932—2008) – fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982).
  • Hamid Vohidov (1925—????) – faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), falsafa fanlari doktori (1971), professor (1973).
  • Shodmon Vohidov (1961) – taniqli tojikistonlik manbashunos olim, tarix fanlari doktori (1998), professor.
  • Rahim Vohidov (1942—2012) – sovet va oʻzbek adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori (1988), dotsent (1975), professor (1990).

Adiblar

tahrir

Davlat arboblari

tahrir
  • Alisher Vohidov ((1947) – oʻzbek diplomati. Oʻzbekistonning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili (1994—2008).

Sportchilar

tahrir
  • Erkin Vohidov (1957) – sovet va oʻzbek futbolchisi, murabbiy.
  • Toir Vohidov (1963) – sovet va oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2009), hakam va murabbiy.
  • Shamsiddin Vohidov (2002) – oʻzbek shaxmatchisi, grossmeyster (2020).
  • Jahongir Vohidov (1995) – oʻzbekistonlik shaxmatchi, grossmeyster.
  Vohidov soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.