Rahim Vohidov – (5.08.1942–5.05.2012) – sovet va oʻzbek adabiyotshunosi, fidoyi ustoz, filologiya fanlari doktori (1988), dotsent (1975), professor (1990).

Vohidov Rahim Jo'rayevich
Tavalludi 5 avgust 1942
Buxoro, O'zbekiston
Vafoti 5 may 2012
Buxoro, O'zbekiston
Ish joylari

Buxoro davlat universiteti (Buxoro davlat

pedagogika instituti)
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor
Mukofotlari

O‘zbekiston SSR xalq maorifi a`lochisi

Mehnat faxriysi nishoni

Hayoti va faoliyati

tahrir

Vohidov Rahim Joʻrayevich 1942 yil 5 avgustda Buxoro viloyati Romitan (hoz. Jondor) tumanida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tugatgach (1949-1959), Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetida tahsil olgan (1961-1965). Ukrainaning Bogdan Xmelnitskiy shahrida harbiy xizmatni oʻtagan (1965-1966).

Vohidov R. J. 1967 yil 2 sentyabrdan Sergo Orjonikidze nomidagi Buxoro davlat pedagogika institutida (hoz. Buxoro davlat universiteti) oʻz ilmiy-pedagogik faoliyatini boshlagan. Samarqand davlat universiteti oʻzbek adabiyoti kafedrasi huzuridagi 1 yillik aspiranturani (1969-1970) va 2 yillik doktoranturani tugatgan (1977-1978). U oʻzbek, fors-tojik, rus tillarini va arab yozuvini mukammal bilgan.

Rahim Vohidov Buxoro davlat universiteti „Oʻzbek adabiyoti“ kafedrasi oʻqituvchisi (1967-1972), kafedra mudiri (1972-1977), kafedra dotsenti (1975-1988), „Qardosh xalqlar adabiyoti va tojik filologiyasi“ kafedrasi mudiri (1989-1992), „Oʻzbek mumtoz adabiyoti“ kafedrasi mudiri (1992-1996) sifatida faoliyat yuritgan. 1998 yilda „Tasavvuf va oʻzbek mumtoz adabiyoti“ kafedrasiga asos solgan va 2005 yilgacha mazkur kafedrani boshqargan. Shuningdek, „Oʻzbek va tojik filologiyasi“ fakulteti dekan oʻrinbosari (1978-1979), „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti dekani (1996-1998, 2000-2002) lavozimlarida ishlagan.

R. J. Vohidov Buxoro davlat universitetining „Ilgʻor fan uchun“ gazetasi, „Pedagogik mahorat“ va „Psixologiya“ jurnallari (adabiyot rubrikasi) tahririyat aʼzosi, shuningdek, „BuxDU ilmiy axboroti“ ning „Navoiy gulshani“ rubrikasi asoschisi hamda mazkur jurnal tahririyat aʼzosi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Ilmiy-ijodiy faoliyati

tahrir

1970 yilda Boturxon Valixoʻjayev [1] ilmiy rahbarligida „Shayxim Suhayliy hayoti va adabiy merosi“ mavzuida nomzodlik [2], 1988 yilda „XV asrning II yarmi, XVI asrning boshlarida oʻzbek, fors-tojik adabiy aloqalari (qiyosiy-tipologik yoʻnalish)“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini [3] himoya qilgan. 1990 yilda professor ilmiy unvonini olgan.

R.Vohidov oʻzbek mumtoz adabiyotining yetuk tadqiqotchisi. Rahim Vohidov ilmiy merosining asosiy qismi oʻzbek mumtoz adabiyoti, oʻzbek va fors-tojik adabiy aloqalari [4], tasavvuf taʼlimotiga oid fundamental tadqiqotlarga bagʻishlangan. Alisher Navoiy sheʼriyatidagi ilohiyot masalalari olim ijodining oʻzak masalalaridan biridir. Navoiyning kosmogoniyasi – falak jismlari, olamlar tuzilishi haqidagi tasavvurlari olim izlanishlarida batafsil bayon etilgan.

XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning boshlaridagi oʻzbek-tojik adabiy aloqalari tarixiga oid ilmiy-adabiy, tarixiy-madaniy manbalarni – qoʻlyozmalar, munshaot va bayozlar, memuarlar, tazkiralar, manoqib, tarixiy-badiiy asarlar va tarjimalarni oʻrgangan, ulardagi dalillarni oʻzaro qiyoslab, oʻzbek-tojik adabiy aloqalari, bu adabiyotlarning oʻzaro taʼsiri va aks taʼsiri hamda mushtarakliklariga oid tarjima, zullisonaynlik, tatabbu, tazmin va taxmis, iqtibos, istiqbol va muqobala, shaxsiy munosabatlar singari oʻndan ortiq shakllarini aniqlab, ijtimoiy-estetik mohiyatini tavsiflab bergan.

R.Vohidov oʻz tadqiqotlarida Navoiy anʼanalarining davomiyligi, ilohiyotga munosabat va tarjimachilik masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Shuningdek, adabiyotshunos olim Buxoro adabiy muhiti namoyandalarining ijodini oʻrganishni yetakchi tamoyilga aylantira olgan: uning ilmiy maktabida Mirzashoh Vozeh Buxoriy, Munzim Buxoriy, Ibrohim Subhiy, Mirzo Sodiq Munshiy Jondoriy, Shavkat Buxoriy, Imlo Buxoriy, Xoja Ismat Buxoriy va b. adabiy merosining janriy tarkibi va badiiyati ilmiy tadqiq etilgan.

Professor R.Vohidov 49 ta monografiya va risolalar, 400 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi [5,6,7]. Olim 45 yil davomida oliy oʻquv yurtlarining oʻzbek va tojik guruhlari talabalariga oʻzbek mumtoz adabiyoti, qardosh xalqlar adabiyoti, tasavvuf, mumtoz adabiyot va axloqiy-maʼnaviy tarbiya masalalari, tasavvuf va Sharq mumtoz adabiyoti poetikasi asoslari, badiiy matn tahlili, ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanlaridan saboq bergan. R.Vohidov rahbarligida 10 nafar tadqiqotchi filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Tanlangan monografiya va risolalari

tahrir

1. Suhayliy. T., „Fan“. 1976. – 44 b. [8]

2. Muhaqqiqi buzurgi du adabiyot. Hammuallif: B. Valixoʻjayev. Dushanbe, „Irfon“. 1977. – 58 b. [9,10]

3. Adabiy taxalluslar haqida. T., „Oʻqituvchi“. 1978. – 52 b.[11]

4. Taxalluslar. Hammuallif: T.Qorayev. T., „Fan“. 1979. – 68 b.[12]

5. Navoiy ijodi – ilhom manbai. Hammuallif: B. Valixoʻjayev. T., „Fan“. 1981. 74 b.[13]

6. XV asrning ikkinchi yarmi XVI asrning boshlarida oʻzbek va tojik sheʼriyati (Adabiy aloqa va oʻzaro taʼsir masalalari) //Mas’ul muharrir: B. Valixoʻjayev/. T.: „Fan“, 1983. – 143 b.[14]

7. „Majolis un-nafois“ tarjimalari. T., „Fan“. 1984. −72 b.[15]

8. Sheʼriyat shoir yuragi. Hammuallif: M. Hoshimova // Mas’ul muharrir: L.Qayumov. T.: „Fan“, 1987. – 72 b.[16]

9. Qasoskorning nomi barhayot (Mahmud Torobiy qoʻzgʻolonining 750 yilligiga bagʻishlanadi) – Tarix, ona tili va adabiyoti oʻqituvchilariga yordam. Buxoro, 1988. – 27 b.[17]

10. Vzaimosvyazi uzbekskoy i persidsko-tadjikskoy literatur vo vtoroy polovine XV- nachale XVI v. T., 45 str.[3]

11. Ilhom chashmalari. Hammuallif: M. Hoshimova//Mas’ul muharrir: L. P. Qayumov – T.: „Fan“, 1989. –72 b.[18]

12. Sharqning buyuk allomasi. T., „Fan“. 1989. −74 b.[19]

13. Avlodlar taʼzimi. Hammuallif: T.Qorayev. T., „Oʻqituvchi“. 1990. – 116 b.

14. Alisher Navoiy „Xamsat ul-mutahhayyirin“ asarining tojikcha tarjimalari. Hammuallif: M.Qosimova. Buxoro, 1990. −91 b.

15. Adabiy qardoshlik sarhad bilmaydi. Hammuallif: M. Hoshimova. T., „Fan“. 1991. −144 b.

16. Navoiy barhayot (Navoiyshunoslik tarixidan lavhalar). T.: „Fan“, 1991. – 88 b.[20]

17. Ezgulik – umr mazmuni. Hammuallif: B. Valixoʻjayev. T.: „Fan“, 1992. – 100 b.[21]

18. Navoiyning ikki durdonasi („Xamsatul-mutahayyirin“ va „Majolisun-nafois“ haqida qaydlar)// Mas’ul muharrir: B. Valixoʻjayev/. – T. „Fan“, 1992. – 118 b.[22]

19. Alisher Navoiyning ijod maktabi (Ustozlar, safdoshlar, izdoshlar davrasida). „Buxoro“, 1994. – 188 b.[23]

20. Alisher Navoiy va ilohiyot. Buxoro, 1994. −210 b.[24]

21. Maʼnaviyat – komillik saodati. Hammuallif: M.Mahmudov. „Maʼnaviyat“, T., 1997. −192 b.

22. Ilohiy ishq jozibasi. Samarqand, „Zarafshon“, 1997. −80 b.

23. Iymon – qalb gavhari. Hammuallif: M.Mahmudov. T., „Maʼnaviyat“. 1999. −200 b.

24. Navoiy qalbi-la sirlashgan inson: (Professor A.Hayitmetov hayoti va ijodidan lavhalar). T., A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 1999. – 73 b.[25]

25. Soʻz bagʻridagi maʼrifat. Hammualliflar: H.Neʼmatov, M. Mahmudov. T., „Yozuvchi“, 2000. – 144 b.[26]

26. Ishq – maʼrifat qanoti. T., „Abu Ali ibn Sino“ tibbiyot nashr., 2001. −108 b.

27. Mumtoz adabiyot – hikmat xazinasi. Hammuallif: H.Eshonqulov. Buxoro, BuxDU nashr., 2001. −152 b.

28. Ustod Sadriddin Ayniy saboqlari. Hammuallif: M.Mahmudov. T., „Fan“. 2004. −320 b.

29. Biz bilgan va bilmagan Bobur. T., „Zarqalam“, 2005. −122 b.[27]

30. „Yogʻdi oʻt ustigʻa qor“. T., „Zarqalam“, 2005. −114 b.

31. Navoiy merosiga oshufta koʻngil (Hasbi hol yoʻnalishidagi ilmiy-ommabop risola. Toʻldirilgan ikkinchi nashri). T. „Fan“, 2005. – 138 b.[28]

32. Samarqandning ilmiy vijdoni (Akademik B. N. Valixoʻjayevning adabiyotshunoslik faoliyatiga doir ilmiy-ommabop risola). T., „Fan“, 2005. – 176 b.[29]

33. Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi. Oʻquv qoʻllanma. Hammuallif: H. Eshonqulov. T., OʻzR Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi nashr., 2006. – 528 b.[30,31]

34. Yillardan qolgan maʼnaviy yodgorlik. T., „Zarqalam“, 2007. −285 b.

35. „Armonga aylangan adabiy orzular“. T., „Fan“. 2009. −113 b.

36. Maxsumlarda voyaga yetgan chinor. T., „Muharrir“, 2010. −180 b.

37. Umrim daftaridan sahifalar. T., „Muharrir“, 2012. −191 b.

Tanlangan maqolalari

tahrir

1. Sayfi Saroiy (hammuallif: O. Safarov). „Ilgʻor fan uchun“ roʻznomasi, 1962, 12 dekabr

2. Shayxim Suhayliy va Alisher Navoiy. (hammuallif: B. Valixoʻjayev). „Haqiqati Oʻzbekiston“ roʻznomasi. 1968, 10 fevral

3. Istoriya izucheniya tvorchestva Shayximbeka Suxayli. Materiali XIII nauchno-teoreticheskoy konf. BGPI. Tashkent. „Fan“. 1969. S.40-41.

4. Redif v uzbekskoy klassicheskoy literature. Materiali XIII nauchno-teoreticheskoy konf. BGPI. Tashkent. „Fan“. 1969. S.59-60.

5. Amir Shayxim Suhayliy (tojik tilida). – „Sadoi Sharq“ jurnali, 1970. soni 2. Sahifahoi 127-131.

6. Suhayliy tarjimai holiga oid yangi maʼlumotlar. A.Navoiy nomidagi SamDU asarlari. Yangi nashr. 1970. Samarqand, 95-101 b.

7. Shayxim Suhayliyning yangi devoni haqida. „Oʻzbek tili va adabiyoti“, 1972. 1-son, 91-b.

8. Sadriddin Ayniyning adabiy-tanqidiy qarashlari (hammuallif: T. Qorayev). „Oʻzbek tili va adabiyoti“, 1972. 14- 18 b.

9. Ustoz Ayniy va Subhiy (tojik tilida). Tojikiston Respublikasi „Maorif va madaniyat“ roʻznomasi, 1974. 16 aprel.

10.Issledovaniya tvorchestva poeta Xiromi. (Soavtori: O.Safarov, X.Nigmatov). „Sovetskaya tyurkologiya“. 1978, № 3. S.102-104.

11. Sadriddin Ayniy va oʻzbek ijodkorlari. – Toʻplamda: Ayniy zamondoshlari xotirasida. T., Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1978. 138-153 betlar

12. „Radoif ul-ash’or“ XV asr II yarmi adabiyotini oʻrganishda muhim manba. A.Navoiy nomidagi SamDU asarlari. Yangi nashr. Samarqand, 1979. 94-101 b.

13. Saodatning kaliti (hammuallif: N. Komilov). „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, 1982, 2 aprel

14.Ibn Sino va Dante (hammualliflar: M. Sulaymonov, Yo. Hamroyev). Guliston jurnali, 1984. 21-son, 27-28 b.

15. Zullisonaynlik va adabiy jarayon. Oʻzbek tili va adabiyoti, 1987. 4-son, 67-72 b.

16. Qardoshlikning nurli sahifalari. „Sharq yulduzi“, 1987. 6-son.194-197 b.

17. Nekotorie kommentarii po uzbekskoy i persidsko-tadjikskoy literature. „Adabiy meros“. 1988. № 1(43). S.54-59.

18. Tatabbu’, tazmin, taxmis (na russ.yaz). „Adabiy meros“. 1988. № 4(46). S.56-59

19. „Majolis-un nafois“ va zullisonaynlik masalasi. Toʻplamda: A.Navoiyning adabiy mahorati masalalari. 1988. T., „Fan“, 135-156 b.

20. Xoja Hofiz Sheroziy va Alisher Navoiy. „Oʻzbek tili va adabiyoti“. 1991. 4-son, 25-32 b.

21. Hamza gʻazallarida talmeh sanʼati (hammuallif: M.Hoshimova). „Til va adabiyot taʼlimi“, 1992. 5-6 sonlar. 37- 40 b.

22. Nurli choʻqqilar hali oldinda (hammuallif: S. Mirzayev). B. Valixoʻjayev asarlari koʻrsatkichi. 1992. Samarqand, 3-14 b.

23. „Oqil ersang nafsi baddin boʻlgil bezor“. „Oʻzbek tili va adabiyoti“, 1994. 1-2 sonlar, 35-39 b.

24. „Latoifnoma“ latofati. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, 1995, 3 fevral

25. Maʼnaviy shakllanish azoblari. Sh. Hayitovning „Mahbub-ul qulub“da tasavvufiy jilolar kitobiga soʻzboshi. 1996. T., „Fan“, 3-5 b.

26. „Emas oson bu maydon ichra turmoq“. 1996. „Adabiy Buxoro“, Buxoro, 71-82 b.

27. „Har ne qilsang, oshiq qilgil Parvardigor“. 1996. „Maʼrifat“ gazetasi, 16 noyabr

28. Mashrab ijodi Fitrat talqinida. „Oʻzbek tili va adabiyoti“. 1997. 4-son, 20-26 b.

29. „Navoiy sheʼriga solgʻil quloqni“. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" gazetasi, 1997, 7 fevral

30.Jomiy „Bahoriston“ida adabiy hayot tasviri. Toʻplamda: „Abdurahmon Jomiy“.1997. T., 12-17 b.

31. Nurli manzil sari intiladi umr karvoni. G.Boltayevaning „Alisher Navoiy. Fusuli Arbaa“ kitobiga soʻzboshi. 1998. Buxoro „Ilm“, 3-7 b.

32.Besh hayrat. „Jamiyat va boshqaruv“. 1998. 3-son, 50-52 b.

33.Inson qalbi – Xoliq jilvagohi. Sh. Hayitov kitobiga soʻzboshi. 2000. T. „Fan“, 3 b.

34. Tasavvuf – axloqiy poklanish maktabi. I. Haqqulov. Tasavvuf saboqlari kitobiga soʻzboshi. 2000. Buxoro, 3-13 b.

35. „Xamsat ul-mutaxayyirin“ da barkamol inson timsoli (hammualliflar: Sh. Hayitov, Z. Qosimova). 2000, „Ulugʻ Alisher Navoiy“, Qarshi 53 b.

36. Lugʻat va hadislarda iymon talqini. „Pedagogik mahorat“, 2001. 1-son, 14-21 b.

37. Sodiq Jondoriy -serqirra isteʼdod sohibi. D.Karimova kitobiga soʻzboshi. Sodiq Munshiy – Jondorning shirinkalom shoiri. 2001.T., „Fan“, 3-8 b.

38. V.Abdullayev. Tanlangan asarlar. II tomlik, 2-tom. T. „Fan“, 2002. 185-188 b.

39.Ilm bergan ulugʻ saodat (Akad. B. Valixoʻjayev haqida. Hammuallif: S. Mirzayev). 2002. „Pedagogik mahorat“, 1-son, 84-93 b.

40. Vohid Abdullayev – Buxoro adabiy muhitining yirik tadqiqotchisi. „Buxoro universiteti ilmiy axborotlari“, 2002. 3-4 sonlar, 3 b.

41. „Boburnoma“da Shayx Saʼdiy nafasi. „Buxoro universiteti ilmiy axborotlari“, 2002. 2-son, 17-20 b.

42. „Tasavvuf, mumtoz adabiyot va axloqiy-maʼnaviy tarbiya masalalari“. Maʼruza matni. (hammualliflar: Sh. Hayitov va b.). 2003. „Buxoro“, 156 b.

43.Iymon – poklanish manzili. 2003. „Buxoro universiteti ilmiy axborotlari“, 2-son, 5-9 b.

44. Abduxoliq Gʻijduvoniy – buyuk maʼnaviy arbob. „Buxoro universiteti ilmiy axborotlari“, 2003. 4-son, 3-8 b.

45. "Axloqi Muhsiniy – nodir maʼnaviy-badiiy manba (hammuallif: M.Mahmudov). „Oʻzbek tili va adabiyoti“, 2003. 6-son, 32-35 b.

46. „Muhokamat ul-lugʻatayn“da soʻzning badiiy talqinlari. „Buxoro universiteti ilmiy axborotlari“, 2003. 3-son, 2-6 b.

47. Xoja Ismat – zullisonayn shoir. 2004. „Buxoro universiteti ilmiy axborotlari“, 3-son, 8-13 b.

48. Yetti noyob moʻjiza („Haft avrang haqida qaydlar“). 2004. „Pedagogik mahorat“, 4-son, 102-105 b.

49. Sharq mumtoz adabiyoti va S. Ayniy sheʼriyati – „Barhayot sheʼriyat“. Xalqaro ilmiy anjuman toʻplami. Buxoro. 10-15 b.

50. Alisher Navoiy dahosiga Mavlono Lutfiy bahosi. „Navoiyga armugʻon“ maqolalar toʻplami. 2004. T., „Fan“, 13-17 b.

51. „Yogʻdi oʻt ustigʻa qor“. 2004. „Tafakkur“, 1-son. 54-58 b.

52.Jovidon sheʼriyat. „Jomiy va oʻzbek adabiyoti“ toʻplamida. Xalqaro ilmiy anjuman. „Al Hudo“ va „Movarounnahr“. T., 2005. 83-87 b.

53.Buyuk allomaga sadoqat. „Sino“ jurnali, Eron islom respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi nashri, 2005. 17-son, 18-20 b.

54.Imlo, dilimni kamon abroʻga berdim. D. Karimovaning „Imlo Buxoriyning nazmiy guldastasi“ kitobiga soʻzboshi. T. „Fan“, 2005. 3-7 b.

55.Ijodiy tarjima va adabiy taʼsir samarasi. Toʻplamda: „Adabiyot va tarjima“. T., „Zarqalam“. 2006. 28-31 b.

56. Teran tafakkurga yoʻgʻrilgan sheʼriyat. Buxoroi donishafzo, 2006. 6-son, 3-16 b.

57. Alisher Navoiyning „Devoni forsiy“si haqida. Sino jurnali, Eron islom respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi nashri, 2006. 10-14 b.

58. „To tuzdi Navoiy oyati ishq“. „Navoiyga armugʻon“. 5-kitob. T. 7-14 b.

59. Fitrat va oʻzbek mumtoz adabiyoti. 2007. „Alloma adabiyotshunos“. T. „Fan“, 6-9 b.

60. „Navodir ul-vaqoye“ – A.Donishning umr kitobi. „Qomusiy mutafakkir“. Buxoro, 2007. 28-32 b.

61. Tasavvufdan jilo topgan sheʼriyat. Naqshbandiya taʼlimoti va milliy maʼnaviyatimiz. Resp. Ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Buxoro, 2008. 27-31 b.

62.Bobur Mirzo va naqshbandiylar. Naqshbandiya, Buxoro, 2008. 15-17 b.

63. Armonga aylangan adabiy orzular. BuxDU Ilmiy axborotnomasi. 2009. 1-son.3-10 b.

64. „Vahdat ul-vujud“ Jomiy talqinida. (hammualliflar: Sh. Hayitov, H. Eshonqulov). BuxDU Ilmiy axborotnomasi. 2009. 1-son. 110-111 b.

65. Haq sirining ogohi. Naqshbandiya. 2010. 2(5)-son, 32-36 b.

66. Nizomiy va undan keyingi davr adabiyotida Iskandar siymosi. „Navoiyga armugʻon“. 6-kitob. T. 2010. 150-155 b.

67. Xoja Ismat dahosidan zavqlanishning shirin mevasi. S. Bobokalonovning „Xoja Ismat Buxoriy sheʼriyatining janriy tarkibi, uslubi va badiiyati“ kitobiga soʻzboshi. T., „Muharrir“, 2011.

68. Faxriy Hirotiy „Latoifnoma“si XV asrning II yarmi XVI asr ibtidosi Movarounnahru Xuroson adabiyotini oʻrganishda nodir manba. „A.Navoiy maʼnaviy merosining jahonshumul ahamiyati“ xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 2011, 86-90 b.

69.Barhayot maʼnaviy yodgorlik. Kitobda: Boʻstoni roz. T., „Muharrir“, 2011. 3-6 b.

70.Istiqlolingdan oʻrgilay, ona Oʻzbekiston! BuxDU Ilmiy axborotnomasi. 2011. 3-son.28-32 b.

Mukofotlari va eʼtirof etilishi

tahrir

2002 yil 27 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi „Ustoz“ jamgʻarmasi tomonidan Taʼlimdagi keng qamrovli fidokorona mehnati uchun „Ustoz“ faxriy unvoni berilgan.

Professor R.Vohidovning hammualliflikda tayyorlangan „Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi“ (Eng qadimgi davrlardan XVI asr oxirigacha) oʻquv qoʻllanmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi grifi bilan chop etilgan hamda 2006 yildan buyon mamlakatimizdagi oʻzbek filologiyasi fakultetlarida oʻquv qoʻllanmasi sifatida qoʻllanilib kelinmoqda (Mualliflik guvohnomasi raqami – 0107; 30.11.2005).

1990-2010 yillar davomida Samarqand davlat universiteti huzuridagi K.067.04.01-raqamli fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi boʻyicha Ixtisoslashgan ilmiy kengash aʼzosi boʻlgan.

Adabiyotshunosning „Alisher Navoiy va ilohiyot“ asari „Istiqlol davri oʻzbek navoiyshunosligi“ 30 jildligiga kiritilgan [32,33].

Xotirasi

tahrir

2013 yilda Buxoro davlat universitetida R.Vohidovning 70-yilligiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilgan [34,35].

Manbalar

tahrir

[1][1]

[2]Vaxidov, Raxim Juraevich. Jizn i tvorchestvo Shayxim Suxayli: dissertatsiya … kandidata filologicheskix nauk: 10.00.00. - Samarkand, 1970. – 321 s.: il. Filologicheskie nauki. Shifr xraneniya: OD Dk 70-10/655.[2]

3 Vaxidov, Raxim Juraevich. Vzaimosvyazi uzbekskoy i persidsko-tadjikskoy literatur vo vtoroy polovine XV- nachale XVI v.: Istoriko-tipologicheskiy aspekt: dissertatsiya … doktora filologicheskix nauk: 10.01.03 / AN UzSSR. In-t yaz. i lit. im. A. S. Pushkina. – Tashkent, 1988. – 378 s. Literaturi stran novogo zarubejya. Shifr xraneniya: OD 71 89-10/62.[3]

[4] [4]

[5] [5]

[6] [6]

[7][7]

[8] [8]

[9] [9]

[10] [10]

[11] [11]

[12] [12]

[13] [13]

[14] [14]

[15] [15]

[16][16]

[17] [17]

[18] [18]

[19] [19]

[20] [20]

[21] [21]

[22] [22]

[23] [23]

[24] [24]

[25] [25]

[26] [26]

[27] [27]

[28] [28]

[29] [29]

[30] [30]

[31] [31]

[32] [24]

[33] [32]

[34] [33]

[35] [34]

  1. „Boturkhon Valikhodzhaev“.
  2. „The life and work of Shaykhim Sukhaili“. Российская государственная библиотека.
  3. „The relationship of Uzbek and Persian-Tajik literatures“. Российская государственная библиотека.
  4. „Низомийнинг «Махзан ул-Асрор» ва Навоийнинг «Ҳайрат ул-Аброр» достонларида муножотлар таҳлили“. ResearchGate.
  5. „Закий аллома (2007)“.
  6. „“Сўзни жаҳон баҳрида дурдона билган мунаққид“.
  7. „Сўзни жаҳон баҳрида дурдона билган мунаққид“.
  8. „Суҳайли хаёти ва ижоди“.
  9. „Садриддин Айни ва аҳли илму адаби Самарқанд“.
  10. „Садриддин Айни ва аҳли илму адаби Самарқанд“.
  11. „ўзбек тили Антропонимикаси“.
  12. „Алишер Навоийнинг адабиётшунослик ва тилшуносликка доир асарлари“.
  13. „Мумтоз Сиймолар (сайланма)“.
  14. „XV асрнинг иккинчи ярми XVI асрнинг бошларида узбек ва тожик шеьрияти“.
  15. „Алишер Навоийнинг Жаҳон адабиётида тутган ўрни“.
  16. „Шеърият - шоир юраги“.
  17. „Қасоскорнинг номи бархаёт“.
  18. „Илҳом чашмалари“.
  19. „Шарқнинг буюк алломаси“.
  20. „Навоий бархаёт“.
  21. „Мумтоз сиймолар“.
  22. „Навоийнинг икки дурдонаси“. 2023-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-sentyabr.
  23. „Алишер Навоийнинг ижод мактаби“.
  24. 24,0 24,1 „Навоийнинг дахосини идрок этиш ва туйиш сари йул“.
  25. „Навоий қалбила сирлашган инсон“.
  26. „Tabbu Boborahim Mashrab na Nasimi“.
  27. „Биз билган ва билмаган Бобур“.
  28. „Навоий меросига ошуфта кўнгил“.
  29. „Самарқаиднинг илмий виждони......“.
  30. „Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi“.
  31. „Oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixi“. 2023-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-sentyabr.
  32. „Истиқлол даври узбек Навоийшунослиги“.
  33. „Филология масалалари“.
  34. „XX asr O'zbek mumtoz adabiyotshunosligi“.