Samandar Vohidov
Samandar Vohidov — (1942-yil 12-sentyabr Buxoro viloyati Shofirkon tumani — 2014-yil 19-oktyabr) — oʻzbek shoiri va tarjimon, radiojurnalist, telepublitsist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Kaftimda gul, Qatralarda nur yonar, Olamdan rang izlab va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi. Tarjimon sifatida Saqqo Buxoriyning 35 baytni tashkil etuvchi 5 ta gʻazalini tarjima qilgan.
Samandar Vohidov | |
---|---|
Samandar Vohidov 2012-yilda 70 yoshini qarshilagan kun | |
Tavalludi |
12-sentyabr 1942-yil |
Vafoti |
19-oktyabr 2014-yil (72 yoshda) |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Buxoro davlat pedagogika instituti |
Kasbi |
Tarjimon Shoir Radiojurnalist Telepublitsist |
Faoliyat yillari | XX asr 60-yillari — 2014-yilgacha |
Mashhur ishlari |
Kaftimda gul |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirShoir 1942-yil 12-sentyabrda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tugʻilgan. Yoshligi Buxoro viloyatida oʻtgan shoir Buxoro davlat pedagogika institutining filologiya fakultetida oʻqigan[1]. U shoirlik a tarjimonlik qilishdan tashqari radioda jurnalistlikdan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida bosh muharririgacha boʻlgan lavozimlarda ham faoliyat olib borgan[2].
Ijodiy faoliyati
tahrirSheʼriy faoliyati
tahrir1976-yilda Samandar Vohidov oʻzining ilk ijodiy asari „Qorboboning istagi“ nomli majmuasini nashr etdi. Shoirning ilk sheʼriy toʻplami boʻlgan[3] „Kaftimda gul“ sheʼriy toʻplami 1977-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplam, asosan, barmoq tizimida yozilgan 59 ta sheʼrdan iborat. Bundan soʻng „Qatralarda nur yonar“ (1978), „Olamdan rang izlab“ (1985), „Asal bobo“ (1985), „Kenglikni qumsash“ (1991), „Xayoling men bilan“ (1996), „Buxorom bor, Buxorom bor“ (1997), „Sunbula“ (2002), „Umr chorbogʻi“ (2003), „Halovatni halollikdan izladim“ (2005), „Haj daftari“ (2008), „Bu bogʻda bahra boqiydur“ (2010), „Gullayotgan kunlar“ (2011), „Istiqlol manzumasi“ (2011) kabi sheʼriy toʻplamlarni chop ettirdi[1].
Tarjima faoliyati
tahrirShoir tarjimon sifatida ham oʻzidan katta meros qoldirdi. Qilgan tarjimalari toʻplangan „Buxoriylar boʻstoni“ nomli kitobini chop ettirgan. Bu kitob Rudakiydan Sadriddin Ayniygacha boʻlgan davrda Buxoroda yashab ijod qilgan shoirlarning, jumladan, Imom Buxoriy, Xoja Ismatullox Buxoriy, Sodiq Jondoriy[2], Rudakiy, Sadriddin Ayniyning ijod namunalaridan tarkib topgan. Jumladan, shoir Rudakiyning Buxoro haqidagi qasidasini[4], Saqqo Buxoriyning 35 baytni tashkil etuvchi 5 ta gʻazalini[5] tarjima qilgan.
Saqqo Buxoriyning Samandar Vohidov tomonidan tarjima qilingan asarlariga misol[5]:
tahrirLola baromad zi bogʻ surhu safedu siyoh,
(Lola bilan toʻldi bogʻ qizilu oqu qora,)
Marhami dil shud ba bogʻ surhu safedu siyoh.
(Shifo topdi dilda dogʻ qizilu oqu qora.)
Boruhu xoli zaqon subh baromad chu mehr,
(Yuzida xoli birla chiqdi goʻzal subhidam,)
On mahi chashmu charogʻ surhu safedu siyoh.
(Yoqib quyoshdin chiroq qizilu oqu qora.)
Ba tashnahoi hajri doʻst, chu Saqqo
(Doʻst hajri sahrosida sarson Saqqo davron–)
Zamona dashti adam yo sarob az in du kadom ast?
(Dashti adam yo sarob – ikkisidan qay biri?)
Vafoti
tahrirShoir 2014-yil 19-oktyabrda 72 yoshida vafot etdi.
Mukofotlari
tahrirOʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoniga sazavor boʻlgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Mirvaliyev S., Shokirova R.. Oʻzbek adiblari. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbek adiblari 2016.
- ↑ 2,0 2,1 „Samandar Vohidov. G’azallar.“. https://kh-davron.uz. Xurshid Davron kutubxonasi.
- ↑ Zoirova, Goʻzal „Samandar Zohidov sheʼriyati poetikasi“. Buxoro davlat universiteti (2022). Qaraldi: 2023-yil 15-iyul.
- ↑ „Amirni mutaasir qilgan yoxud Buxoroni tarannum etgan qasida“. https://xs.uz. Xalq soʻzi. 2023-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
- ↑ 5,0 5,1 Safarov, Oxunjon. Buxoro adabiy harakatchiligi tarixining ayrim manzaralari (o'zbekcha). Buxoro, 2012 — 32-36-bet.