Xloridlar (tabiiy xloridlar) — NS1 tuz kislotasining tuzlari, minerallar sinfi. Tarkibi, xususiyati va hosil boʻlish sharoitiga qarab Xloridlar 2 guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga (28 ta mineral) Na, K, NH4, Mg, Ca, Al, Mn va Gʻe ning erish xususiyatiga ega boʻlgan suvli va suvsiz X. kiradi. Asosiy minerallari: galit, silvin, bishofit, karnallit, taxgidrit, rinneit va boshqa boʻlib, tarkibida 20—70% S1 mavjud. Kub yoki trigonal singoniyada kristallanadi. Odatda, rangsiz; kattikligi 1—2, zichligi 1,6—3,2 g/sm3. Gigroskopik, suvda, kisman spirtda eriydi, achchiq va shoʻr mazali. Koʻllardagi choʻkindilarda, shoʻr tuproqlarda, vulkanik va fumarol faoliyati mahsulida hosil boʻladi. Koʻpgina Xloridlardan kimyo va oziq-ovqat sanoatida, qishloq xoʻjaligida keng foydalaniladi. Ikkinchi guruhga (49 ta mineral) Si, Pb, Ag, Hg, As, Sb va Bi ning erish xususiyatiga ega boʻlmagan X. kiradi. Asosiy minerallari: nantokit, atakamit, konnelit, laurionit, matlokit, mendipit, xlorarnirit va boshqa boʻlib, tarkibida 6— 35% S1 mavjud. Romb va tetragonal singoniyada kristallanadi. Rangsiz, koʻk, yashil, sariq, qattiqligi 4, zichligi 3,7—8,3 g/sm3. Suvda erimaydi. Quruq iqlim sharoitida rudali konlarning oksidlanish zonasida; rudali minerallar va sanoat shlaklariga shoʻr suvlarning taʼsiri boʻlganda, vulkan harakatlari jarayonida hosil boʻladi. Oksidlangan rudalar tarkibida Si, R, Ag olish uchun xom ashyo hisoblanadi.