Xoʻja Alambardor maqbarasi
(Xo`ja alambardor maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Xoʻja Alambardor maqbarasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (19-asr); Kamolon qabristoni hududida joylashgan. Xoʻja Abdul Aziz Alambardor (alambardor — bayroqdor) nomi bilan maʼlum boʻlgan shaxsga atab qurilgan. Maqbara gʻishtdan bezaksiz qurilgan. Peshtoq gumbazli, toʻrtburchak tarhli (8,87x8,0 m), gumbaz balandligi 10,3 m. Peshtoq orqali murabba tarhli (6,08x6,08 m) xonaga kiriladi. Xonaning gumbaz osti bagʻallaridagi gʻishtlar mavj usulida terilgan. Maqbara sharqidan 9 m naridagi chillaxona yer ostida joylashgan boʻlib, chortoq tarhli fonusi yer yuziga turtib chiqqan, ichki devorlari chuqur ravoqli. Unga zinapoya orqali tushiladi.
Xoʻja Alambardor maqbarasi | |
Joylashuv | Kamolon qabristoni, Shayxontohur tumani, Toshkent |
---|---|
Turi | Maqbara |
Material | gʻisht |
Balandligi | 10,3 |
Eni | 8,87 |
Qurilish tamomlangan | 19-asr |
Xarita | |
Koordinatalari | 41°15′0″N 69°14′0″E / 41.25000°N 69.23333°E |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |