Xoʻja Ilgʻor va Mulla Ismatulloh qori ziyoratgohlari
Xoʻja Ilgʻor va Mulla Ismatulloh qori ziyoratgohlari — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti[1]. Bu joy Farg'onadagi diqqatga sazovor joy hisoblanib, unda maqbaralar, chillaxona gʻori, qorixonalar, ayvonlar, bogʻ va oromgoh mavjud[2]. Ushbu ziyoratgoh XIX asrda bunyod etilgan. Fargʻona viloyatining Rishton tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Xoʻja Ilgʻor“ MFY.
Xoʻja Ilgʻor va Mulla Ismatulloh qori ziyoratgohlari | |
---|---|
Joylashuv | Rishton tumani, Farg'ona viloyati |
Turi | Ziyoratgoh |
Qurilish tamomlangan | XIX asr |
Xarita | |
Koordinatalari | 40°34′40″N 71°27′09″E / 40.57778°N 71.45250°E |
Yuridik holati
tahrirUshbu ziyoratgoh Fargʻona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida)gi davlat mulki hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan vs davlat muhofazasiga olingan[3][4][5].
Mahammad Hanafiya
tahrirXoʻja Ilgʻorning asl ismlari Muhammad Hanafiya boʻlgan[6]. U kishi hazrat Alining Hanifa ismli ayollaridan tugʻilgan. Shuning uchun u kishini Muhammad Hanafiya deb nomlashgan. Xoʻja Ilgʻor laqabi bilan nomlanishlariga sabab Xoʻja — paygʻambar avlodi boʻlganlari, Ilgʻor — soʻzi qoʻshin boshligʻi maʼnosini anglatgan[6].
Mulla Ismatulloh qori
tahrirXoʻja Ilgʻor masjidi
tahrirZiyoratgoh yonida Xoʻja Ilgʻor masjidi joylashgan. Masjid 1916-yilda qurilgan. Masjid Hoji Shokir Mingboshi say-harakatlari bilan bunyod etilgan[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ M. Sulaymonov. „Farg‘ona viloyati tarixiy obidalari, zamonaviy inshootlari, ayniqsa, maftunkor tabiati bilan sayyohlar e’tiborini tortmoqda.“ (uz). uza.uz. Toshkent: O‘zA. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
- ↑ Video(oʻzb.)
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ Islom Shosh uz(oʻzb.)
- ↑ 6,0 6,1 6,2 MTRK Oʻzbekiston(oʻzb.)