Xo‘ja Turob ziyoratgohi
Xoʻja Turob ziyoratgohi — Fargʻona viloyati Dangʻara tumanining Tumor qishlogʻida joylashgan qabriston[1]. Ziyoratgohga Imom Abdullox Bohir dafn etilgan. Aniq dalillar boʻlsa-da, mazkur mozorni aksariyat hollarda Imom Muxammad Boqirga (676-734) nisbat beradilar. Bu haqida M. Boʻriyev va T. Qambarovlar oʻzlarining „Xojai Turob bobo“ nomli kitobida maʼlumot bergan. Aholi tasavvurida Imom Muxammad Boqir va Imom Abdullox Bohirni bir shaxs sifatida yoki ularni Fargʻona vodiysiga birga kelganligi toʻgʻrisida qarashlar mavjud boʻlgan. Imom Zayn al-Obidinning farzandlaridan biri boʻlgan Imom Muhammad Boqir Madinada dunyoga kelib, 734-yilda 59 yoshida Madinada (baʼzi manbalarda 57, 58, 60 yoshda deyilgan) vafot etgan va otasi imom Zayn al-Obidinning yoniga dafn etilgan.
Imom Muhammad Boqirning dafn etilgan joyi aniq boʻlsada, biroq musulmon dunyosida Hazrat Alining boshqa avlodlari singari Imom Muxammad Boqir bilan bogʻlik bir necha ziyoratgohdar mavjud boʻlgan. Shu- ningdek, Qoʻqon shahridagi Sarmozor qabristoni ham Imom Muhammad Boqir nomi bilan atalganligi hakida maʼlumotlar uchraydi. 1794-yilda Qoʻqon shahrining Parpashabof mahallasida Mingoyim tomonidan qurdirilgan madrasa ham Imom Boqir deb atalgan[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Madaniy meros obyektlari“. madaniymeros.uz. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.
- ↑ Baxtiyor Eraliev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov. O‘zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. 1-kitob. Farg‘ona viloyati. Turon zamin ziyo, 2013 — 320 bet-bet. ISBN 978-9943-335-24-0. Qaraldi: 2-iyun 2023-yil.