Xoh inon, xoh inonma
„Xoh inon, xoh inonma“[2] – Lutfiy tomonidan yozilgan mashhur gʻazal. Gʻazal koʻplab sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan va etilmoqda. Nola guruhi tomonidan ijro etilgan versiyasi xalq orasida mashhur. Qoʻshiqni Nola guruhi aʼzosi Abdulla Shomagʻrupov ijro etgan. Bu qoʻshiq, shuningdek, Kichkina tabib filmida ham namoyish etilgan.
„Xoh inon, xoh inonma“ | |
---|---|
Abdulla Shomagʻrupov qoʻshigʻi | |
Til | Chigʻatoy tili |
Davomiyligi | 4:58 |
Matn muallif(lar)i | Lutfiy |
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
Haqqoki qilich kelsa boshimga, eshikingdin
Yoʻqtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
Usruk koʻzing ashkolina har gah nazar etsam,
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.
Yaʼqub bikin koʻp yigʻidin qolmadi sensiz
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
Oy yuzungʻa koʻz solgʻali oʻzga kishi birla,
Yoʻqtir nazarim, xoh inon, xoh inonma.
Ishq oʻtida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
Manbalar
tahrir- ↑ Lutfiy „"Xoh inon, xoh inonma" radifli g'azal | Lutfiy“ (uz). Tafakkur. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ Ergash Ochilov. Umrboqiy qoʻshiqlar, 1-jild, Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2013-yil — 456-bet. ISBN 978-9943-00-878-6.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |