Xoja Bulgʻor madrasasi
Xoja Bulgʻor madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Xoja Bulgʻor madrasasi Xoja Bulgʻor guzarida[1], shayx Hasan Bulgʻoriy tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Hujjatda Xoja Bulgʻor madrasasi masjid madrasa sifatida tilga olinadi. Madrasa faoliyati bilan uchta hujjat topib oʻrganilgan. Ushbu hujjatlarni Qozikalon Mir Badriddin rasmiylashtirilgan. Hujjatda madrasada talabalarga dars bergan mudarrislar va ularning maoshi toʻgʻrisida maʼlumot keltirilgan. Jumladan mulla Shamsiddin dars va imomlik qilgani maoshi 20 tillani, mulla Omonulla moashi 10 tilla, Mulla Avazbadal maoshi 12 tillani tashkil etgan. Manbalarga koʻra madrasa bunyodkori soʻfiy shayx Hasan Bulgʻoriy boʻlib, hijriy 605-yili (1208—1209) Naxichivanda tavallud topgan. U Buxoroga 1246—1247-yillarda keladi va shu yerda uch yil yashaydi. Abdusattor Jumanazarov fikriga koʻra soʻfiy shayx Hasan Bulgʻoriy Buxoroda 1249—1250-yillarda madrasa qurdirgan. U tariqat ahlidan boʻlgan. Uning koʻplab shogirtlari boʻlgan. Xoja Hasan Bulgʻoriy yashagan guzar keyingi davrlarda uning nomi bilan atalib kelingan. Olga Suxareva maʼlumotlariga koʻra uning qabri Xoja Bulgʻor guzarida joylashgan. Faxriddin Ali Safiy maʼlumotlariga koʻra Xoja Hasan Bulgʻoriy yashagan oxirgi manzil Tabriz boʻlgan[2].
Xoja Bulgʻor madrasasi 8 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Xoja Bulgʻor madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | shayx Hasan Bulgʻoriy |
Binokorlik tashabbuschisi | shayx Hasan Bulgʻoriy |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 8 ta |