Xoja Jaloliddin Fazlulloh Abullaysiy
Xoja Jaloliddin Fazlulloh Abullaysiy(arabcha:خوجة جلال الدين فضل الله أبو الليسي — Xoja Jaloliddin Fazlulloh Abullaysiy (vafoti taxminan 1470-yil)) — faqih.
Xoja Jaloliddin Fazlulloh Abullaysiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Hayoti
tahrirFazlulloh Abullaysiy zamonasining mashhur faqih olimi bo‘lish bilan birga, shoirlikdan ham xabardor bo‘lgan. Falsafa, fiqh va arab tili borasida Samarqand olimlarining peshqadami hisoblangan. Fazlulloh Abullaysiyning tavallud sanasi to‘g‘risida maʼlumotlar topilmadi. Taxminan 1470-yil atrofida vafot etgan.
Ustozlari
tahrirU o‘z madaniy saviyasini oshirish, bilimini yanada chuqurlashtirish yo‘lida Shayx Sadriddini Revasiy, Shayx Kamol Turbatiy, Said Hasan Ardasher, Xoja Muhammad Astrabodiy, Xoja Yusuf Burhon, Abdurrahmon Jomiy va Mavlono Fasihiddin Sohib kabi olimlar qoshida juda ko‘p dars o‘qigan. U o‘z davrining odamlari orasida falsafa, ilmi fiqh va arab tilini bilishda Samarqanddagi olimlarning peshqadami sanalgan, uning madrasasida faqat Alisher Navoiy emas, balki Yusuf Andijoniy, Yusuf Safoiy (bu kishi ham Andijondan), Harimiy Qalandar, marvlik Nodir, xorazmlik Baqoiy, qunduzlik Muhammad Badaxshiy kabi necha o‘nlab shogirdlar bo‘lgan. Uning asarlari to‘g‘risida maʼlumotlar yo‘q. Xoja Fazlulloh Abullaysiyning qabri hozirda Samarqandda xalq ziyoratgohi bo‘lib kelmoqda.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 699.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |