Xoja Muhammad Porso madrasasi — Buxoro madrasasi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasa
Xoja Muhammad Porso madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Xoja Muhammad Porso
Binokorlik tashabbuschisi Xoja Muhammad Porso
Asosiy sana:
1407—1408-yillar


Tarixi

tahrir

Xoja Muhammad Porso madrasasi 1407—1408-yillarda Xoja Muhammad Porso guzarida[1], temuriylar sulolasi davrida Xoja Muhammad Porso tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa uchun voqif Komi Abu Muslim tumanidagi Dehibolo, Sheshkat, Pashvon mavzelarida 500, Poyruddagi Karkidiza mavzesida 300, Tarunberun mavzesida 100 tanob yerni vaqf qilgan. Xoja Muhammad Porso madrasasi gʻarbida Neʼmatulloh hovlisi va qabriston, shimolida hovli, sharqida koʻcha va voqifning xonaqohi, janubida esa hovlilar mavjud boʻlgan. Vaqf mulkiga voqif mutavvali boʻlgan. Agar u vafot etsa, undan soʻng bu ishni uning avlodlari bajargan. Mutavvali hosildan ushr olgan. Madrasaga oid ikkinchi hujjat kutubxonaga bilan bogʻliq. Madrasa uchun 992-yil shaʼbon oyida (1584-yil avgust-sentyabr) yana vaqf ajratilib, rasmiylashtirilgan. Keyingi davrlarda madrasa uchun 1781-yilda ham ayrim mulklar vaqf qilingan. Madrasa har bir hujrasida ikki nafar talaba yashagan. Madrasa bilan bogʻliq yana toʻrtta hujjat topib oʻrganilgan. Hujjatlarda madrasada mudarrislik qilgan oʻqutuvchilar va ularning maoshlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Jumladan mulla Muhammad Yusuf maoshi 40-50 tangani tashkil etgan. Xoja Muhammad Porso Bahovuddin Naqshbandiyning ikkinchi xalifasi edi. U Buxoro madrasalarida tahsil olgan[2].

Meʼmorchiligi

tahrir

Xoji Muhammad Porso madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda mavjud.

Manbalar

tahrir
  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.