Xalchaxon (Xolchaxon) Mirzayeva (1947-yil, Kosonsoy tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSSR) – Oʻzbekiston Qahramoni. Atoqli oʻzbek fermeri. Mehnat faxriysi. Qishloq xoʻjaligi ilmining taniqli namoyandasi va jamoat arbobi.

Xalchaxon (Xolchaxon) Mirzayeva
Tavalludi 1947-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fermer
Millati oʻzbek
Unvoni
Oʻzbekiston qahramoni

„Oʻzbekiston Qahramoni“ oliy unvoni (2007)[1], „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan paxtakor“ faxriy unvoni (1992) va „Shuhrat“ medali (2002)[2] sohibasi. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi[3].

Xalchaxon Mirzayeva qishloq xoʻjaligida 40 yildan ortiq mehnat qilgan. Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi sobiq „Moskva“ kolxozida, keyinchalik „Navro‘z“ shirkat xo‘jaligida ishlagan. Oʻzbekistonda fermerlik harakatiga keng yoʻl ochilishi bilan 2001-yilda birinchilardan boʻlib „Xaticha aya“ fermer xoʻjaligiga asos solib, uni hozirga qadar boshqarib kelyapti[4].

Shuningdek u Xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tuman Kengashi deputati[5], Namangan viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli hamdir[4].

Manbalar tahrir