Xolesterin
Xolesterin, xolesterol — sterinlar guruhiga mansub modda. Birinchi marta oʻt toshidan ajratib olingan. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, rangsiz kristall. X. barcha tirik organizmlarda uchraydi; X.ning koʻp qismi nerv hamda yogʻ toʻqimalarida, tuxum va sperma hujayralarida, jigarda (X. biosintez qilinadi), buyrak usti bezlarida va boshqalarda boʻladi. Qon plazmasida X. yuqori yogʻ kislotalari (olein kislota) bilan birga murakkab efir holida uchraydi. Organizmda X. buyrak usti bezlari gormonlari, oʻt kislotalar, D vitamini va boshqa almashinuvida qatnashadi. Odam qonida oʻrtacha 150–200 mg% X. boʻladi. Koʻproq yogʻli ovqat isteʼmol qiladigan kishilarda X. miqdori koʻpayadi, bu oʻt toshlari hosil boʻlishiga, qon tomirlari devorida X. toʻplanishiga va moddalar almashinuvining buzilishi va boshqalarga olib keladi.Odam organizmida bir kunda 1 mg xolesterin o't suyuqligiga aylanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |